Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pentagon zudlik bilan global zarba berish majmualarini yaratishga kirishgani aytildi
Pentagon zudlik bilan global zarba berishning istiqbolli zarba majmualarini yaratishga kirishdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi vakili Aleksandr Yemelyanov ma'lum qildi.
«Pentagon hujum va mudofaa qurollarini birgalikda qo‘llash konsepsiyasini amalga oshirib, zudlik bilan global zarba berishning istiqbolli zarba majmualarini yaratishga kirishdi», - deya uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.
Shuningdek, uning ta'kidlashicha, «noyadroviy jihozlanishdagi» bu majmualar «bugungi kunda strategik yadro kuchlariga yuklatilgan» vazifalarni hal qilish uchun zarur.
«RQM tizimlarini joylashtirish va zudlik bilan global zarba berish vositalarini yaratish bo‘yicha rejalarning o‘zaro bog‘liqligi ko‘rinib turibdi», - deya qo‘shimcha qildi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya va Xitoyning strategik yadro kuchlari obektlariga qarshi «qurolsizlantirish» bo‘yicha zarba berilgan taqdirda, AQSh raketa mudofaasi tizimining samaradorligi sezilarli darajada oshadi.
Mavzuga oid
06:40 / 15.06.2026
Pentagon NUJlar haqidagi 72 ta yangi hujjatni e’lon qildi
11:58 / 25.05.2026
Pentagon NUJlarga oid hujjatlarning navbatdagi qismini e’lon qildi
21:13 / 12.05.2026
Pentagon AQSh va Eron o‘rtasidagi urushning narxini ochiqladi
21:36 / 08.05.2026