Britaniyalik tutgan baliq uni reanimatsiyaga jo‘natdi
Britaniyalik baliqchi tutgan balig‘i uning og‘ziga sakrab kirgandan keyin shifoxonaning jonlashtirish bo‘limiga tushdi. Bu haqda VVS xabar bermoqda.
28 yoshli britaniyalik tutgan balig‘ini nishonlamoqchi bo‘lib, 14 sm lik dengiz tili balig‘idan bo‘sa olgan. Shu on baliq uning qo‘lidan chiqib ketib, og‘ziga sakrab kirib ketgan.
Baliq britaniyalikning halqumiga tiqilib, u nafas ololmay qolgan. Omadsiz baliqchining hattoki bir zumga yuragi urishdan to‘xtab qolgan. Voqea esa Britaniyaning Bornmut shahri yaqinidagi Boskomb kurort shaharchasi pirsida yuz bergan. Yordamga yetib kelgan tibbiy xodim baliqni qisqich yordamida chiqarib olgan.
"Biz baliqni bemorning og‘zidan iloji boricha tezroq chiqarib olishimiz kerak edi, yo‘qsa u shifoxonagacha tirik yetib bormasdi. Menda buni to‘g‘ri bajarishga yagona imkoniyat borligini bilardim. Agar men qo‘limdan qisqichni chiqarib yuborganimda yoki baliq chiqib ketib, undan bir bo‘lak uzilib ketganda, biz nafas olish yo‘llarini ochish uchun hech narsa qila olmasdik", deb aytdi tibbiy xodim Mett Xarrison.
Uning aytishicha, baliqning tishlari va oyquloqlari baliqchining tomog‘ida tiqilib qolgan, biroq oxir natijada baliqni tashqariga chiqarib olishga muvaffaq bo‘lingan. Xarrisonning aytishicha, bu uning amaliyotidagi eng noodatiy hodisa bo‘ldi.
Tez yordam kelishigacha mahalliy dengiz klubi a'zolari jabrlanuvchiga sun'iy nafas berib turishgan.
"U baliqni o‘pganda, baliq uning og‘ziga kirib ketgan. Bizda birinchi tutilgan baliqni o‘pish odati bor", deb aytmoqda klub vakili.
Tez yordam xodimlari baliqchining yuragi urishini 3 daqiqa ichida tiklashga muvaffaq bo‘lishgan.
Mavzuga oid
15:20 / 14.11.2024
O‘zbekistonda yetishtirilgan meva va sabzavotlar Britaniya bozoriga eksport qilinadi
13:07 / 09.11.2024
Qozog‘iston Britaniya sanksiyalariga duchor bo‘lgan kompaniyalari haqida izoh berdi
17:59 / 08.11.2024
Britaniyada erkak gazli ichimliklarga qaramlikdan qutulish uchun gipnozdan foydalandi
09:05 / 07.11.2024