Jahon | 20:20 / 14.10.2017
9372
1 daqiqa o‘qiladi

Keniyada alamzada o‘quvchi sinfdoshlariga hujum qildi, qurbonlar bor

Foto: AFP 2017 / Simon Maina

Keniyaning Lokichojio shahrida 14 oktabr ertalab qurollangan kishilar o‘rta maktabga bostirib kirib, 5 nafar o‘quvchi va qo‘riqchini o‘ldirishgan. Bu haqda Daily Nation mahalliy gazetasi xabar bermoqda.

"Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, hujumni maktabning bir o‘quvchisi noma'lum sheriklari bilan amalga oshirgan", deb aytdi maktab joylashgan Turkan okrugi komissari Seyf Matata.

Komissarning aytishicha, avvalroq bu o‘quvchi intizomni buzgani sababli darslardan vaqtinchalik chetlatilgan. Ma'lum qilinishicha, u shundan keyin o‘qituvchilari va sinfdoshlariga tahdid qilgan va maktabni yoqib yuborishini aytgan. 

Politsiya vakilining ma'lum qilishicha, bosqinchilar muayyan o‘quvchilarni nishonga olishgan. So‘ngra ular qizlar yotoqxonasiga yo‘l olib, u yerda yana bir necha kishini yaralashgan. Biroq Matata jabrlanganlar haqida aniq ma'lumot bermagan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid