Jahon | 08:32 / 14.10.2017
7856
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Turkiyaning 600 dan ortiq davlat mulozimi GFRdan boshpana so‘radi

2017 yilning o‘tgan davri mobaynida Turkiyaning 600 dan ortiq davlat mulozimi Germaniya hukumatiga murojaat qilib,siyosiy boshpana so‘ragan. Bunga Turkiyada amalga oshmay qolgan davlat to‘ntarishiga urinish sabab bo‘lmoqda, deb xabar qilgan Funke media guruhi IIV ma'lumotlariga tayangan holda. 

Huquqni muhofaza qiluvchi organning rasmiy ma'lumotlariga ko‘ra, 2017 yil yanvaridan sentabr oyi o‘rtalariga qadar diplomatik pasportga ega bo‘lgan 250 kishi va yuqori davlat lavozimlarini egallagan 380 kishi ariza topshirgan. 

Bu toifadagi fuqarolardan murojaatlar esa, o‘tgan yilning yozida Turkiyada amalga oshmay qolgan davlat to‘ntarishiga urinishdan so‘ng ko‘paygan. Anqara o‘z navbatida isyon tashkilotchilari GFRda ham yashirinayotganini iddao etadi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid