Jahon | 22:34 / 15.10.2017
21288
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp KXDR bilan jang qilmoqchi emas

Foto: Reuters

AQSh prezidenti Donald Tramp KXDR bilan harbiy konfrontatsiyaga qarshi chiqmoqda va Pxenyanning yadro dasturi muammosini diplomatik yo‘l bilan hal qilmoqchi. Mamlakat bosh kotibi Reks Tillerson CNN telekompaniyasi efirida shunday bayonot bilan chiqdi

"Prezident menga bu muammoni diplomatik yo‘l bilan hal qilmoqchi ekani va jangga kirishmoqchi emasligiga ishora qildi", - deya ta'kidladi bosh kotib. 

U AQSh prezidenti Davlat departamentining diplomatik xatti-harakatlarini vaqtni zoye ketkazish deb hisoblashi haqidagi gap-so‘zlarni rad etdi. 

"Yo‘q, bunday emas. U menga diplomatik xatti-harakatlarni davom ettirishga ishora qildi. Birinchi bomba tushgunga qadar diplomatik sa'y-harakatlarimizni davom ettiramiz", - qo‘shimcha qildi Tillerson. 

Bundan avval Tramp AQShning so‘nggi chorak asrda KXDR bilan munosabatlarni yo‘lga qo‘yish siyosati natija bermaganini aytgandi. 

Mavzuga oid