Jahon | 22:34 / 16.10.2017
6986
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh delegatsiyasi Anqaraga viza muammosini muhokama qilgani keldi

Foto: RIA Novosti / Anton Denisov

AQSh davlat kotibining Yevropa va Yevrosiyo ishlari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Jonatan Koen boshchiligidagi davlat departamentining delegatsiyasi Turkiyaga Anqara va Vashington o‘rtasidagi vizalar berish bilan bog‘liq muammoni muhokama qilgani keldi. Bu haqda Anadolu axborot agentligi xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, AQSh vakillari 17 oktabrda Turkiya ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Axmet Muxtor Gun boshchiligidagi turk delegatsiyasi bilan muzokaralar o‘tkazishadi.   

AQShning Turkiyadagi elchixonasi 8 oktabrda AQShning Istanbuldagi bosh konsulligi xodimi Metin Topuzning hibsga olinishiga javoban turk fuqarolariga noimmigratsion vizalar berilishi to‘xtatilishini e'lon qilgan. Turkiyaning AQShdagi elchixonasi bunga xuddi shunday choralar bilan javob bergan, ya'ni AQSh fuqarolariga vizalar berishni to‘xtatgan. 

Mavzuga oid