Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy koreyalik vazir «aqlli shahar» qurilishini muhokama etish uchun Toshkentga keladi
Janubiy Koreya Yer, infratuzilma va transport vaziri Kim Hyun Mi keyingi haftada Eron, Turkiya va O‘zbekistonga amaliy tashrif uyushtiradi.
Yer, infratuzilma va transport vazirligi rasmiy vakilining Koreya matbuotiga ma'lum qilishicha, Kim xonim boshchiligidagi hukumat hamda nodavlat biznes vakillaridan iborat delegatsiya belgilangan manzillarda mahalliy hamkasblar bilan hamkorlikning yangi imkoniyatlarini muhokama etadi.
O‘zbekistonda shunday masalalardan biri - Toshkentda qurilishi rejalashtirilayotgan «smart-city» (aqlli shahar) loyihasi hamda Islom Karimov Toshkent xalqaro aeroportining qiyofasini o‘zgartirish bo‘lib, Janubiy Koreya delegatsiyasi koreys kompaniyalari tomonidan qurilayotgan ikkita gaz zavodini ham ko‘zdan kechiradi.
Eslatib o‘tamiz, 2016 yili Janubiy Koreyaning Lotte Chemical Corp. sarmoyasi bilan O‘zbekistonning shimol-g‘arbida barpo etilgan, umumiy qiymati 3,9 milliard dollarga teng gaz-kimyo kompleksi foydalanishga topshirilgandi.
Mavzuga oid
13:32 / 14.05.2026
Koreyaga ishga yuborishdagi yirik sxema: Kun.uz bu haqda uch yil oldin bong urgan edi
19:26 / 06.05.2026
Janubiy Koreyaning sobiq birinchi xonimiga nisbatan hukmni og‘irlashtirgan sudya o‘lik holda topildi
16:10 / 27.04.2026
Janubiy Koreya O‘zbekistonda AT ta’limi uchun 14 mln dollar grant ajratadi
22:00 / 17.04.2026