BTK temir yo‘l loyihasi O‘zbekistonni Yevropaga ulab turuvchi yangi imkoniyatmi?
Ozarboyjon Tashqi ishlar vaziri Elmar Mammadiyorov va Gruziya Tashqi ishlar vaziri Mixail Janelidze ishtirok etgan qo‘shma matbuot anjumanida xabar qilinishicha, joriy yilning 30 oktabr kuni Boku-Tbilisi-Kars yo‘nalishidagi temir yo‘l qatnovining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi.
2007 yil Turkiya, Ozarboyjon va Gruziya rasmiy doiralarining kelishuvidan so‘ng ushbu loyiha bo‘yicha qurilish ishlari boshlangandi. 826 km uzunlikdagi mazkur temir yo‘l platformasi Gruziya orqali Ozarboyjon va Turkiya mamlakatlarini bog‘lab turadi. Qolaversa, umumiy infratuzilma shakliga e'tibor qilinsa, mazkur yo‘nalish bo‘yicha Xitoydan Yevropaga qadar yo‘lovchi va yuk tashish imkoniyati paydo bo‘ladi. Dastlabki ma'lumotlarda temir yo‘ldan yiliga 1 million yo‘lovchi va 6,5 million tonna yuk tashib o‘tish mumkinligi ta'kidlangan bo‘lsa, endilikda BTK yo‘nalishi 2023 yilga qadar 17 million tonna yuk tashish quvvatiga ega bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.
Turkiya Transport vaziri Ahmad Arslanning aytishicha, ushbu loyiha mintaqadagi barcha turkiy xalqlarni birlashtirish qudratiga ega. Qozog‘istonning Aktau shahri chegarasidan Turkmanboshi shahriga qadar cho‘zilgan temir yo‘l keyinchalik, Bokuga ulanib ketishi mumkin.
Bunday vaziyat dengizga chiqish imkoniyatiga ega bo‘lmagan O‘zbekiston uchun Yevropaga chiqishning eng qisqa yo‘li paydo bo‘lishi mumkin. Shu masala yuzasidan O‘zbekistonning temir yo‘l loyihasida ishtirok etishi amaliy harakatlari ilk bor 2016 yil 17 oktabrda kuzatildi. Unda Ozarboyjon Tashqi ishlar vaziri Elmar Mammadiyorov Toshkentga tashrif buyurib, hamkasbi Abdulaziz Komilov bilan BTK loyihasi ustida fikr almashgandi. Shundan so‘ng, joriy yilning 18 mart kuni Toshkentda O‘zbekiston, Gruziya va Ozarboyjon temir yo‘l tarmoqlari rahbarlarining uchrashuvi o‘tkazildi.
O‘zbekistonning mazkur loyihada ishtirok etishi Navoiy-Turkmanboshi temir yo‘l loyihasining muvaffaqiyatli tugatilishiga bog‘liq. Yerosti va usti tabiiy boyliklari bilan O‘zbekistonning tom ma'nodagi sanoat poytaxtiga aylanib borayotgan Navoiy viloyati Turkmanboshi portiga qadar yuk tashuvini amalga oshirishi uchun temir loyihasining sifatli va tezroq tugatilishiga zarurat bor. Keyingi bosqichda o‘zbek mahsulotlari Turkmanboshi portidan Bokudagi Olot portiga kelib tushishi, so‘ngra BTK yo‘nalishida Turkiyaga yetib borishi kutilmoqda.
Navoiy-Turkmanboshi temir yo‘l loyihasini amalga oshirish uchun O‘zbekiston birinchi prezidenti Islom Karimov 2012 yil Ashxobodga tashrif buyurgandi. Ayni paytda amaldagi prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatning eksport salohiyatini oshirishga harakat qilayotgan ekan, o‘ylashimizcha, o‘zbek mahsulotini Yevropaga yetkazishda BTK yo‘nalishi eng optimal tanlovlardan biri bo‘lib qolaveradi.
Mavzuga oid
20:10 / 12.11.2024
Ziroat Mirziyoyeva Bokuda yoshlarning iqlimga oid tashabbuslarini keng qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi
21:11 / 11.11.2024
Namanganda poyezd bilan to‘qnashgan Damas haydovchisi halok bo‘ldi
21:05 / 30.09.2024
Yuqori tezlikdagi va tezyurar poyezdlarda yo‘lovchi tashish xizmati tariflari erkinlashtiriladi
18:48 / 28.09.2024