Jahon | 21:37 / 17.10.2017
9452
2 daqiqa o‘qiladi

OAV: Kataloniyani referendumdan keyin deyarli 700 ta kompaniya tark etdi

Foto: AFP 2017 / Jorge Guerrero

Kataloniyadagi mustaqillik bo‘yicha referendumdan keyin deyarli 700 ta kompaniya muxtoriyatdagi ofislarini Ispaniyaning boshqa viloyatlariga o‘tkazdilar. Bu haqda Ispaniya savdo registratori direktori Ana Del Vale El Mundo ispan nashriga ma'lum qildi. 

Kataloniyadan o‘tgan haftaning ichida 92 kompaniya ketdi, ularning umumiy soni esa 691 taga yetdi. Bu borada eng tarang kunlar 9 va 10 oktabr bo‘ldi. Bu kunlari  mos ravishda 212 ta va 175 ta kompaniya manzilini o‘zgartirdi.

Avvalroq Kataloniya jyeneralitati rahbari Karles Puchdemon Ispaniya bosh vaziri Mariano Raxoyga Kataloniya bo‘yicha muzokaralarni boshlash taklif qilingan maktub jo‘natgandi. Madridda ushbu maktub mazmunsizligi va muxtoriyat o‘z mustaqilligini qabul qilgani-qilmaganiga oydinlik kiritmasligi aytilgan. Ispaniya hukumati bu savolga 19 oktabrgacha javob berishni talab qilmoqda, aks holda u Kataloniyadan muxtoriyat maqomini qaytarib olishni nazarda tutuvchi konstitutsiya moddasini qo‘llash bilan tahdid qilmoqda.

Mavzuga oid