Ispaniya rasmiylari tomonidan qidiruvga berilgan kataloniyalik ayirmaçilar yetakçisi Karles Puçdemon Barselonada paydo bölgaç, yana mamlakatni tark etdi. Bu haqda 9 avgust, juma kuni uning advokati Gonsalo Boyye ma’lum qildi. «Puçdemon Ispaniyadan taşqarida», - deya advokatdan iqtibos keltiradi RAC1 katalon radiostansiyasi. Kataloniya sobiq rahbari Belgiyaning Vaterloo şahriga borib, u yerda yetti yillik majburiy muhojirlikni ötkazgan, dedi uning «Kataloniya uçun birga» partiyasi boş kotibi Jordi Turul.
«U öz siyosiy işlarini bajardi va uni tugatib, hamma kabi uyiga ketdi», dedi Puçdemonning advokati jurnalistlarga siyosatçi kutilmaganda Barselonada paydo bölişiga işora qilib. Puçdemon 8 avgust kuni minglab tarafdorlari oldida nutq sözladi, şundan söng yana ğoyib böldi. Politsiya uni qölga ololmadi.
Kataloniyani Ispaniyadan ajralib çiqişga qarşi bölgan siyosatçi boşqaradi
2010 yildan beri Kataloniyani birinçi marta bu hudud Ispaniyadan ajralib çiqişiga qarşi bölgan siyosatçi boşqaradi. Kataloniya parlamenti Ispaniya boş vaziri Pedro Sançesning işonçli vakili bölgan sotsialist Salvador Ilyani viloyat ma’muriyati rahbari lavozimiga tasdiqladi, deb yozadi AFP 8 avgust kuni.
Ertasi kuni, 9 avgustda «Kataloniya uçun birga» partiyasi boş kotibi Jordi Turul öz fraksiyasi Ispaniya parlamenti quyi palatasida hukumatni qöllab-quvvatlaşni töxtatişi mumkinligini tan oldi. Turulning sözlariga köra, uning pozitsiyasi özgarişiga Salvador Ilyaning Kataloniya rahbari etib tasdiqlanişi, şuningdek, Madridda parlament tomonidan tegişli qonun qabul qilinganiga qaramay, Ispaniya Oliy sudi Puçdemonga amnistiyani ma’qullaşdan boş tortgani ta’sir körsatgan.
Puçdemon hibsga olinişi mumkin
Kataloniya sobiq rahbari qölga olinişi mumkin, çunki Ispaniya adliya tizimi uni talon-toroj qiliş yöli bilan şaxsiy boyib ketişda ayblab hibsga oliş uçun order bergan. OAV xabarlariga köra, u politsiyaning muvofiqlaştirilgan va maxfiy hibsga oliş taklifini rad etgan.
Iyul oyi boşida Ispaniya Oliy sudi 2017 yilda uşbu avtonom viloyat mustaqilligi böyiça referendum ötkazişda aybdor deb topilgan Puçdemonga nisbatan amnistiyani tasdiqlaşdan boş tortgan. Sud qaroriga köra, u va Kataloniyadagi ayirmaçilik harakatining boşqa ba’zi yetakçilari davlat pullaridan foydalanib, noqonuniy referendum ötkazib, boyib ketişgan. Şu munosabat bilan amnistiya töğrisidagi qonun ularga nisbatan qöllanmaydi.













