2010 yildan beri Kataloniyani birinçi marta bu hudud Ispaniyadan ajralib çiqişiga qarşi bölgan siyosatçi boşqaradi. Kataloniya parlamenti Ispaniya boş vaziri Pedro Sançesning işonçli vakili bölgan sotsialist Salvador Ilyani viloyat ma’muriyati rahbari lavozimiga tasdiqladi, deb yozadi AFP 8 avgust, payşanba kuni.

Ilya may oyida bölib ötgan mintaqaviy saylovlarda nisbiy köpçilikni qölga kiritgan sotsialistlar va Kataloniya mustaqilligini qöllab-quvvatlovçi, lekin «Kataloniya uçun birgalikda»ga qaraganda ança mö’tadilroq pozitsiyani egallagan «Kataloniya söl respublikaçilari» (KSR) ovozlari bilan saylangan. 58 yoşli siyosatçi uçun 68 deputat ovoz berdi, 67 nafari qarşi çiqdi. Bir neça kun oldin Madriddagi markaziy hukumat Ilyani qöllab-quvvatlaşga rozi böldi, u öz navbatida katalon tili maqomini mustahkamlaşga va moliyaviy imtiyozlar taqdim etişga va’da berdi.

Politsiya Puçdemonni qölga ololmadi

«Kataloniya uçun birgalikda» partiyasi viloyat ma’muriyatining yangi rahbari saylovini keyinga qoldirişni sörab, muvaffaqiyatsizlikka uçradi. Payşanba kuni ertalab mintaqaning sobiq rahbari va ayirmaçilar yetakçisi Karles Puçdemon yetti yillik surgundan söng tösatdan Barselonaga qaytdi. U yana ğoyib bölişidan oldin parlament oldida bir neça ming tarafdorlari bilan gaplaşdi.

Puçdemont avvalroq parlament yiğilişida iştirok etiş niyati borligini aytgan edi, şuning uçun politsiya dastlab uni binoga kiritmaslik uçun bor kuçini sarfladi. U ğoyib bölgaç, politsiya şahardan çiqiş yöllarini tösib qöydi va avtomobillarni ommaviy tekşiruvdan ötkazdi, biroq Puçdemontni qölga ololmadi. Buning örniga siyosatçining qoçişiga yordam berganlikda gumon qilingan ikki politsiyaçi uşlangan.

May oyida Ispaniya parlamenti 2017 yilda Kataloniyadan ajralib çiqişga muvaffaqiyatsiz urinişdan söng ispan adliya tizimi tomonidan ta’qibga uçragan kataloniyalik separatistlarga nisbatan amnistiya töğrisidagi qonunni qabul qilgan edi. Iyul oyi boşida Ispaniya Oliy sudi 2017 yilda uşbu avtonom viloyat mustaqilligi böyiça referendum ötkazişda aybdor deb topilgan Puçdemonga nisbatan amnistiyani tasdiqlaşdan boş tortgan. Sud qaroriga köra, u va Kataloniyadagi ayirmaçilik harakatining boşqa ba’zi yetakçilari davlat pullaridan foydalanib, noqonuniy referendum ötkazib, boyib ketişgan. Şu munosabat bilan amnistiya töğrisidagi qonun ularga nisbatan qöllanmaydi.