Majburiy muhojirlikda deyarli yetti yil bölgandan söng, Ispaniya politsiyasi tomonidan qidirilayotgan Kataloniya ma’muriyatining sobiq rahbari Karles Puçdemon Ispaniyaga qaytib keldi. 8 avgust, payşanba kuni 61 yoşli kataloniyalik separatist yetakçi öz partiyasi siyosatçilari hamrohligida Barselona markazida paydo böldi va tarafdorlari bilan suhbatlaşdi.

«Ular bizni yetti yildan beri faqat Kataloniya xalqiga ovoz beriş huquqini bermoqçi bölganimiz uçun ta’qib qilmoqda», dedi u qisqa nutqida. Translatsiya Puçdemonning YouTube-kanalida namoyiş etildi.

Şundan söng Puçdemon Barselonadagi parlament yiğilişida iştirok etmoqçi edi, unda sotsialist Salvador Ilya Kataloniya rahbari etib tasdiqlanişi kerak. Puçdemonning binoga kirişiga yöl qöymaslik uçun parlamentga katta miqdordagi politsiya kontingenti olib kelindi, deb yozadi dpa. Biroq Kataloniya ma’muriyati rahbari saylovlari bölginçilar yetakçisi yöqligida boşlandi, deb yozadi Ispaniya matbuoti. Unga köra, Puçdemon yana ğoyib bölgan.

Puçdemon hibsga olinişi mumkin

Kataloniya sobiq rahbari qölga olinişi mumkin, çunki Ispaniya adliya tizimi uni talon-toroj qiliş yöli bilan şaxsiy boyib ketişda ayblab hibsga oliş uçun order bergan. OAV xabarlariga köra, u politsiyaning muvofiqlaştirilgan va maxfiy hibsga oliş taklifini rad etgan.

Iyul oyi boşida Ispaniya Oliy sudi 2017 yilda uşbu avtonom viloyat mustaqilligi böyiça referendum ötkazişda aybdor deb topilgan Puçdemonga nisbatan amnistiyani tasdiqlaşdan boş tortgan. Sud qaroriga köra, u va Kataloniyadagi ayirmaçilik harakatining boşqa ba’zi yetakçilari davlat pullaridan foydalanib, noqonuniy referendum ötkazib, boyib ketişgan. Şu munosabat bilan amnistiya töğrisidagi qonun ularga nisbatan qöllanmaydi.

Avvalroq, Karles Puçdemon amnistiya kuçga kirgaç, Ispaniyaga qaytişga tayyorligini bildirdi. U saylovlardan keyin yana Kataloniya hukumatiga rahbarlik qilmoqçi edi. 

Sotsialist Ilya Kataloniyaga rahbarlik qiladi

Şu bilan birga, 2010 yildan beri Kataloniyani birinçi marta bu hudud Ispaniyadan ajralib çiqişiga qarşi bölgan siyosatçi boşqaradi. Kataloniya parlamenti Ispaniya boş vaziri Pedro Sançesning işonçli vakili bölgan sotsialist Salvador Ilyani viloyat ma’muriyati rahbari lavozimiga tasdiqladi, deb yozadi AFP 8 avgust kuni.