Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ramzan Qodirov Buxoroga bordi
16 oktabr kuni O‘zbekistonga amaliy tashrif bilan kelgan Checheniston Respublikasi rahbari Ramzan Qodirov 17 oktabr, seshanba kuni Buxoro viloyatida ham bo‘ldi.
Buxoro shahriga tashrif davomida Qodirovga Rossiya Davlat dumasi deputati Adam Delimxonov, Checheniston Respublikasi Parlamenti raisi Muhammad Dovudov, rais muovini Hasan Hakimov va boshqa rasmiy shaxslar hamrohlik qilgan.

Uni Buxoroda viloyat hokimi O‘ktam Barnoyev kutib olgan. Mehmonlar mezbonlar bilan birga Bahovuddin Naqshband majmuasini hamda Mir Arab madrasasini ziyorat qildi.


Ramzan Qodirov madrasa rahbariyati va talabalar bilan uchrashdi, ta'lim jarayoni bilan, madrasada talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi, so‘ng ushbu madrasaga asos solgan Mir Arab Yamaniyning qabrini ziyorat qilib, Qur'on tilovatidan so‘ng barcha o‘tganlar haqqiga, ushbu ilm maskaniga asos solgan hamda unga xizmat qilgan, unda o‘qigan barcha mo‘min-musulmonlar haqqiga, xususan, barcha ustozlari va padari buzrukvorining haqqiga duolar qildi.


Mavzuga oid
18:42 / 08.02.2026
Ukraina asirligidan 20 nafar chechen qaytarildi. Ular jangsiz taslim bo‘lishganini aytishgandi
21:37 / 04.02.2026
Ikkinchi sinf o‘quvchisi mashina boshqarib, sinfdoshlarini sayr qildirdi
09:43 / 27.01.2026
Tuman sabab Moskva-Buxoro reyslari Samarqand va Navoiyga qo‘ndirildi
12:26 / 26.01.2026