Jahon | 19:35 / 17.10.2017
4352
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyadagi ko‘mir konida o‘pirilish, besh konchi halok bo‘ldi

Foto: AFP

Turkiya janubi-sharqida joylashgan Shirnak viloyatidagi ko‘mir konida o‘pirilish yuz berdi. Bu haqda NTV telekanali xabar qilgan.

Ko‘mir konida yuz bergan o‘pirilish tagida qolgan besh konchi halok bo‘ldi, yana bir ishchini qidirish ishlari davom etmoqda, deya xabar berdi DHA agentligi.

Dastlabki ma'lumotlarda yetti konchi qutqarilgani xabar berilgandi, biroq keyinchalik u tasdiqlanmadi. Xabar qilinishicha, yer yuzasiga olib chiqilgan yetti kishidan besh nafari halok bo‘lgan, ikki inson jarohatlandi.

Yana bir konchini qidirish bo‘yicha qutqaruv amaliyoti davom etmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid