08:07 / 18.10.2017
12171

«O‘lim guruhi»da «Beshiktosh» 100 foizlik natija ko‘rsatmoqda

Foto: Getty Images

Chempionlar ligasi G guruhida «Beshiktosh» safarda «Monako» ustidan g‘alaba qozonib, yakkapeshqadamga aylandi.

30-daqiqada Radamel Falkao monegaskliklar jamoasini oldinga boshladi, ammo ko‘p vaqt o‘tmasdan Jyenk Tosun hisobni tenglashtirdi, 54-daqiqada Tosun dublni rasmiylashtirdi, bu gol turklar jamoasiga uchinchi g‘alabani keltirdi. Shu tariqa, «Beshiktosh» G guruhida 100 foizlik natija bilan yakkapeshqadamga aylandi.

Guruhdagi ikkinchi o‘yinda Germaniyaning «RB Leyptsig» klubi Portugaliyaning «Portu» klubini qabul qilib, 3:2 hisobidagi g‘alabaga erishdi.

8-daqiqada Villi Orban hisobni ochdi, 10 daqiqa o‘tib mehmonlar jamoasi hujumchisi Vensan Abubakar javob golini urdi. 37-daqiqada Emil Forsberg Germaniya vitse-chempionini yana oldinga boshladi, 3 daqiqa o‘tib Jan-Kevin Ogusten hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi. Tanaffusga qadar yana bir gol urildi — 44-daqiqada Ivan Markano hisobni qisqartirdi - 3:2.

O‘yinda shu natija saqlanib qoldi va nemislar turnirdagi ilk g‘alabasini nishonladi.

G guruhi 3 turdan keyin: 1. «Beshiktosh» — 9 ochko; 2. «RB Leyptsig» — 4; 3. «Portu» — 3; 4. «Monako» — 1.

Chempionlar ligasi
G guruhi
Monako – Beshiktosh  1:2
 (1:1, 0:1)
Gollar: 1:0 – 30 Falkao, 1:1 – 34 Tosun, 1:2 – 54 Tosun.
Monako – Subashich, Ture, Glik, Jyemerson, Sidibe (Boshilya, 79), Tilemans (Lopesh, 57), Moutinyu, Fabino, Lemar, Keyta, Falkao.
Beshiktosh – Fabrisio, Adriano, Pepe, Toshich, Erkin, Arslan (Medel, 74), Xatchinson, Kuarejma, Taliska (O‘zyoqup, 74), Babel, Tosun (Negredo, 89).
Ogohlantirishlar: Pepe (16), Arslan (36), Keyta (49).

RB Leyptsig  – Portu  3:2 (3:2, 0:0)
Gollar: 1:0 – 8 Orban, 1:1 – 18 Abubakar, 2:1 – 37 Forsberg, 3:1 – 40 Ogyusten, 3:2 – 44 Markano.
RB Leyptsig – Gulachi, Klostermann, Orban, Upamekano, Xalstenberg, Bruma (Verner, 75), Kampl, Keyta, Forsberg (Bernardo, 90), Zabittser, Ogyusten (Poulsen, 76).
Portu – Joze Sa, Layyun, Felipe, Markano, Telles, Danilu Pereyra, Serjiu Oliveyra (Oliver Torres, 58), Marega, Errera (Ernani, 81), Braimi (Korona, 76), Abubakar.
Ogohlantirishlar: Braimi (46), Orban (47), Serjiu Oliveyra (54).

Mavzu
Yevropa Chempionlar Ligasi
12 sentabrdan Yevropa Chempionlar Ligasida yangi mavsum start oldi. 8 guruhda 4tadan jamoa kuzgi bahslarga kirishdi.
Barchasi
Top