Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FVV tomonidan YTHda jabrlangan fuqaro qutqarildi
Foto: KUN.UZ
2017 yil 17 oktabr kuni soat 19:40 da Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tezkor navbatchisiga «Guliston-Toshkent» avtomobil yo‘lida «Neksiya» avtomobili hamda «T-28» rusumli traktor ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lganligi va ichida 1 nafar odam qisilib qolganligi to‘g‘risida xabar kelib tushdi, deb xabar bermoqda FVV matbuot xizmati.
Boshqarma Qutqaruv otryadi navbatchi smena qutqaruvchilari zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, «Neksiya» rusumli avtomobil ichida qisilib qolgan fuqaro R.I. ni maxsus asbob-anjomlar yordamida zudlik bilan avtoulov ichidan chiqarib olishdi. Qutqaruvchilar jabrlangan fuqaroga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatib, Sirdaryo tumani tez tibbiy yordam xodimlariga topshirishdi.
Qayd etilishicha, o‘z vaqtida yordam ko‘rsatilishi natijasida fuqaroning hayoti saqlanib qolindi.
Mavzuga oid
19:01 / 10.05.2026
Andijonda “Lasetti” zovurga tushib ketdi
18:37 / 02.05.2026
Farg‘ona va Surxondaryoda sel kuzatildi, Samarqandda ko‘chalarni suv bosdi
15:39 / 26.04.2026
Jomboyda mast haydovchi YTH sodir etdi
13:45 / 26.04.2026