Jahon | 21:10 / 19.10.2017
8148
1 daqiqa o‘qiladi

Moskva viloyatida o‘zbeklar va tojiklar uchun gazetalar nashr qilinadi

Moskva viloyatining axborot siyosati bo‘yicha bosh boshqarmasi rahbari Anastasiya Zvyagina xabariga ko‘ra, ommaviy axborot vositalarida millatlararo munosabatlar va milliy madaniyatlarga bag‘ishlangan maxsus ruknlar paydo bo‘ladi. Bundan tashqari, migrantlarni hududning ijtimoiy hayotiga jalb qilish maqsadida, o‘zbek va tojik tillarida gazetalar chop etiladi.

«Gazetalarning maxsus sonlarini o‘zbek va tojik tillarida chop etishni rejalashtirganmiz. Bu boshqa milliy madaniyat vakillarini hududning ijtimoiy hayotiga jalb etish imkoniyatini beradi», — dedi Zvyagina Moskva viloyati hukumat uyida o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

Ayni paytda, viloyat gubernatori Andrey Vorobyov ommaviy axborot vositalari oldiga millatlararo ziddiyatlarning yuzaga kelishini oldini olish vazifasini qo‘ygan.

Xabarda, migrantlar uchun chop etiladigan gazetalarga sarflanadigan byudjyet xarajatlarining miqdori haqida ma'lumot berilmagan.

Mavzuga oid