Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nukus va Mo‘ynoqda "Orol baliqlaridan 99 taom" nomli festival bo‘lib o‘tadi
Koraqalpog‘istonning Nukus shahri va Mo‘ynoq tumanida 24-25 oktabr kunlari "Orol baliqlaridan 99 taom" gastronomik festivali bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zbekiston turizm qo‘mitasi matbuot xizmati ma'lum qildi.
Shu kunlari shuningdek atoqli qoraqalpoq yozuvchilari Berdaq va Ajiniyoz sharafiga xalqaro she'riy-musiqiy festival, xalqaro ekofestival va "Orol dengizi va Mo‘ynoqning tiklanishi" mavzusidagi anjuman bo‘lib o‘tadi.
"Festivallarning madaniy qismi boy bo‘lishiga va'da berilmoqda", deb aytilgan xabarda.
Mo‘ynoq tumani va Orol dengizi sohillarida yangi turistik infratuzilma, chodirli lagerlar yaratildi, jiplar va kvadrosikllarda safarilar o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi.
Joriy fevral oxirida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mo‘ynoqni rivojlantirish dasturini tasdiqlagandi. Unga ko‘ra sobiq port shahri sayyohlik markaziga aylantirilishi ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid
20:00 / 14.03.2026
Sirdaryoda baliq ovlaganlar tabiatga qariyb 520 million so‘mlik zarar yetkazdi
08:35 / 12.01.2026
Mo‘ynoqda yangi quduqdan sanoat miqyosida gaz oqimi aniqlandi
23:25 / 27.12.2025
Navoiyda noqonuniy tarzda qariyb yarim tonna baliq ovlaganlar ushlandi
07:35 / 22.11.2025