Jahon | 12:48 / 19.10.2017
21287
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Qozog‘istonga tovon puli to‘laydi

Foto: Sputnik

Rossiya tomoni «Proton-M» raketa-tashuvchisi 2013 yilning iyulida qulagani tufayli Qozog‘istonga ekologik zararni qoplab berishi kerak, deya ma'lum qildi Qizilo‘rda viloyati hokimi Qrimbek Kusherboyev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘iston va Rossiya kosmodrom hududida qaysi davlat kodeksi amalga qilish bo‘yicha bir qarorga kela olmagan, deb xabar bermoqda Sputnik-Qozog‘iston.

«Men «Proton-M» qulaganining ikkinchi kuni hodisa joyiga keldim. Biz rossiyaliklar bilan til topisha olmadik. Ular – Rossiya kodeksi, biz esa o‘z kodeksimiz haqida gapirdik. Oramizda umumiy fikr bo‘lmadi, shuning uchun bitta kodeksda ishlashimizni belgilab beruvchi qaror qabul qilinishi kerak edi. Yakunda kosmodrom hududida bizning ekologik kodeksimiz ishlashi haqidagi qarorga kelindi. Muzokaralarni olib borish ancha yengillashdi. Ayni damda hukumatlararo komissiya doirasida tegishli zararni qoplash masalasi hal qilinmoqda. Bu yerda zarar qoplanishi haqida gap umuman yo‘q – albatta bo‘ladi», - deya izoh berdi Qrimbek Kusherboyev.

Eslatib o‘tamiz, «Proton-M» 2013 yilning yozida falokatga uchragandi. Raketa belgilangan trayektoriyadan chetlashgan hamda parvozning birinchi daqiqasidayoq qulagan.

Mavzuga oid