Endi hatto qulf ham aqlli: Xiaomi aqlli eshik qulfini namoyish etdi
Xiaomi barmoq izlari, raqamli kod, smartfon yoki oddiy kalit bilan ochish mumkin bo‘lgan aqlli eshik qulfini taqdim etdi.
Qulf oddiy ushlagichli tuzilmaga ega. Bir tomondan barmoq izlari skaneri o‘rnatilgan. Taxminlarga ko‘ra, u inson eshik ochayotganida aynan bosh barmoq qo‘yiladigan joyga to‘g‘ri keladi. Skanerlash tizimi o‘rganishdan to‘xtamaydi, shunday ekan, identifikatsiya jarayoni borgan sari tezlashadi.
Izlar qulfning ichida shifrlangan holatda saqlanadi, shu bois hech kim ularga chiqa olmaydi. Eshikni barmoq bilan 15-marta muvaffaqiyatsiz ochishga bo‘lgan urinishdan so‘ng signalizatsiya ishga tushadi. Shuningdek muayyan asbob-uskunalar yordamida qulfni buzishdan himoya tizimi ham bor.
Qulfning yuqori qismida eshikni kod yordamida ochish uchun raqamli sensor blok o‘rnatilgan. Parolni do‘stlar va qarindoshlarga berish mumkin. Shu bilan birga eshikni smartfondagi ilova orqali ham ochish mumkin. Buning uchun qulfga Bluetooth orqali bog‘laniladi. Favqulodda holatlar uchun esa oddiy kalit ham bor.
Xiaomi aqlli qulfini kraudfanding maydonida namoyish etdi. Loyiha ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun kerakli summani to‘pladi, shunday ekan, qurilma tez orada sotuvda paydo bo‘ladi. Uning narxi - 1699 yuan (256,7 dollar).
Mavzuga oid
11:28 / 10.11.2024
Dunyo bo‘ylab eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi
21:48 / 18.09.2024
Xiaomi smartfon ishlab chiqarish bo‘yicha Apple kompaniyasini ortda qoldirdi
21:55 / 28.03.2024
2,78 soniyada 100 km tezlik, kutilganidan arzon narx: Xiaomi ilk elektromobilini taqdim etdi
23:31 / 16.01.2024