Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoraqalpog‘istonlik sambochi qiz Serbiyadan oltin medal olib keldi
20 oktabr kuni Nukus aeroportida Serbiya davlatida 12-16 oktabr kunlari sambo kurashi bo‘yicha 1999-2001 yillarda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan Jahon chempionatining birinchi o‘rin sovrindori Klara Darmenbayevani kutib olish marosimi o‘tkazildi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston axborot agentligi xabar berdi.
Uni sport faxriylari, Qoraqalpoq davlat universiteti jamoasi, sportchining tug‘ilib o‘sgan joyi – Nukus tumani Samanboy OFY vakillari, Nukus shahar xotin-qizlar bo‘limi va OAV vakillari kutib oldi.
Jahon chempionatida 50ga yaqin davlatlar sportchilari ishtirok etib, unda K.Darmenbayeva 60 kg. vaznda qatnashdi.
U sportning sambo turi bilan 8 yildan buyon shug‘ullanib kelmoqda. Shuning natijasida ikki karra Osiyo chempioni, bir necha marotaba O‘zbekiston chempioni bo‘ldi. O‘tgan yili Ruminiyada o‘tkazilgan Jahon chempionatida 2-o‘rin sohibasi bo‘lgan. Bu yilgi chempionatda omad unga kulib boqib, Polsha, Serbiya, Rossiya davlatlaridan qatnashgan sportchilardan ustun kelib, oltin medal bilan mukofotlandi.
Klara sportning kurash, dzyudo turlari bilan ham shug‘ullanadi. O‘tgan yili aprel oyida Samarqand viloyatida o‘tkazilgan dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida 1-o‘rinni egallab, Qoraqalpoq davlat universiteti jismoniy tarbiya va madaniyati fakultetiga imtihonsiz o‘qishga qabul qilingan.
Mavzuga oid
18:00 / 26.08.2025
Mo‘ynoqda otilib chiqqan katta bosimdagi gaz jilovlandi
18:23 / 22.08.2025
Nukus shahrida chang bo‘roni kuzatilmoqda
11:19 / 19.08.2025
Qoraqalpog‘istonda mayning uchun maxsus zona tashkil etilishi mumkin
07:42 / 16.08.2025