Jahon | 21:36
4594
3 daqiqa o‘qiladi

2026 yilda dunyodagi eng go‘zal joylar e’lon qilindi

Ispaniyadagi Pikos-de-Yevropa tog‘ tizmasi dunyoning eng go‘zal joyi deb topildi. Ro‘yxatda Samarqanddagi Registon maydoni ham bor.

Foto: Shutterstock

Ispaniya shimolidagi Pikos-de-Yevropa tog‘ tizmasi 2026 yilda dunyoning eng go‘zal joyi deb topildi. Ro‘yxatni turizm va ko‘ngilochar mavzudagi nufuzli Time Out jurnali jamoasi tuzdi. Reyting mualliflarining ta’kidlashicha, ro‘yxat sub’yektiv va hech qachon to‘liq emas. Shu bilan birga, ular ro‘yxatdagi har bir o‘rinni baholash haqiqiy tajribaga asoslanganini ta’kidladi.

«Ushbu ro‘yxatdagi har bir plyaj, ko‘l, shahar va vodiy bizning sayohatchi-mualliflar tarmog‘imiz tomonidan tekshirildi. Bir so‘z bilan aytganda, ularning barchasi sayohat qilishga va ularni o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rishga arziydi», deyiladi xabarda.

Pikos-de-Yevropa dunyodagi eng ixcham tog‘ tizmalaridan biri bo‘lib, qirg‘oqdan atigi 20 kilometr uzoqlikda 2650 metr balandlikka yetadi.

- Bu, albatta, geografiyaning mo‘jizasi, lekin u nihoyatda go‘zal manzaralar ham yaratadi. Pikos tog‘lari dengizdan tik ko‘tariladi, ya’ni bu ko‘rinishlar nafaqat tik daralar va xavfli cho‘qqilarni, balki yarqiroq plyaj chiziqlari va quturgan Kantabriya dengizini ham o‘z ichiga oladi, dedi britaniyalik Time Out muallifi Ed Kanningem.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Pikos-de-Yevropa milliy bog‘i hududida son-sanoqsiz go‘zal joylar mavjud: hayratlanarli darajada yolg‘iz tog‘ cho‘qqisi Naranxo de Bulnes, qadimiy tog‘ qishloqlari Sotres va Kain, xuddi shu nomdagi ziyoratgohi bo‘lgan yaltiroq muzlik ko‘llari Kovadong va sharshara ustida muvozanatlashgan qoyadagi ziyoratgoh.

Ayniqsa, sayyohlarga Ispaniyadagi eng mashhur piyoda marshrutlardan biri bo‘lgan Ruta de Kares yo‘nalishiga e’tibor qaratish taklif qilinmoqda. 23 kilometrlik (borish va qaytish) yo‘l kanon orqali cho‘qqilar va sharsharalar yonidan o‘tadi va uning ba’zi yo‘llari qoyada o‘yilgan.

Ro‘yxatga butun dunyo bo‘ylab 51 ta aql bovar qilmaydigan joy kiritilgan. Unda Samarqanddagi Registon maydoni ham bor va u 47-o‘rinda qayd etilgan.

2026 yilda dunyodagi eng go‘zal 10 ta joy:

- Pikos de Yevropa, Ispaniya.

Foto: Shutterstock

- Komodo milliy bog‘i, Indoneziya.

Foto: Shutterstock

- Morgan muzeyi qoshidagi kutubxona, Nyu-York, AQSh.

Foto: Shutterstock

- Doru vodiysi, Portugaliya.

Foto: Shutterstock

- Big Sur, AQSh.

Foto: Shutterstock

- Ulsuoter, Angliya.

Foto: Shutterstock

- Italiyaning Bolonya shahri.

Foto: Shutterstock

- Kapo Testa, Sardiniya, Italiya.

Foto: Shutterstock

- Viktoriya sharsharasi, Afrika.

Foto: Shutterstock

- Punax vodiysi, Butan.

Foto: Shutterstock
Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid