Sport | 22:19 / 22.10.2017
6874
2 daqiqa o‘qiladi

APL. "Tottenhem" "Liverpul"ni dog‘da qoldirdi. Keyn ikkita gol urdi

Angliya premer-ligasida 9-turning markaziy o‘yini o‘tkazildi.

"Tottenhem" o‘z maydonida "Liverpul"ni qabul qilib, yirik hisobda g‘alaba qozondi. Mezbonlar to‘purari Harri Keyn o‘yinda ikkita gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Bu natijadan so‘ng, "Tottenhem" 20 ochko jamg‘arib, musobaqa jadvalida 2-o‘rinni egallab turgan "MYu" klubiga yetib oldi. "Liverpul" esa 13 ochko bilan 9-o‘rinda qoldi.

APL, 9-tur

Tottenhem – Liverpul 4:1 (3:1, 1:0)

22 oktabr, «Uembli» stadioni
Gollar: 1:0 – 4 Keyn, 2:0 – 12 Son Xyon Min, 2:1 – 24 Saloh, 3:1 – 45 Alli, 4:1 – 56 Keyn. 
Tottenhem – Loris, Sanches, Vertongen, Ore, Alderveyreld, Uinks, Alli, Eriksen (Dayyer, 81), Tripper, Son Xyon Min (Sissoko, 69), Keyn (Lorente, 88).
Liverpul – Minole, Matip, Moreno, Gomes, Lovren (Oksleyd-Chemberlen, 31), Koutino, Milner, Firmino (Starrij, 77), Jon (Gruyich, 83), Saloh, Henderson.
Ogohlantirish: Jon (45).

Mavzuga oid