Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskva metrosida O‘zbekiston fuqarosi relslarga tushib ketdi
Moskva shahridagi metroning «Annino» bekatida 39 yoshli o‘zbekistonlik relslarga tushib ketdi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.
Elektrpoyezd soat 12:05da bekatga kirib kelganida, erkak relslarga tushib ketgan. Buni payqab qolgan mashinist favqulodda to‘xtashga majbur bo‘lgan. Shundan so‘ng Moskva metropolitenidagi ichki ishlar xodimlari tez tibbiy yordamni chaqirtirishgan.
Qayd etilishicha, ayni damda O‘zbekiston fuqarosi shifoxonada qolmoqda. Shifokorlar unga bosh miya yopiq jarohati va qo‘l sinishi tashxisini qo‘yishgan. Huquqni muhofaza qilish idorasi xodimlari hodisaga guvoh bo‘lgan barchani so‘roq qildi. Ro‘y bergan voqea bo‘yicha ma'lumot Moskva metropolitenidagi prokuraturaga yuborilgan.
Mavzuga oid
08:51 / 19.06.2026
Moskva yaqinidagi NQZga hujumdan so‘ng “neft yomg‘iri” kuzatildi
15:18 / 15.06.2026
Kuchli yog‘ingarchilik tufayli Rossiya hududlarini suv bosdi – fotolar
16:30 / 10.06.2026
“Chinor” metro bekati 50 kunga yopiladi
11:19 / 20.05.2026