Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mustaqil avtonomiya g‘avg‘osi Italiyada ham boshlandi
Italiyaning qudratli shimoliy viloyatlari sanalgan Lombardiya va Veneto ko‘proq avtonomiyaga ega bo‘lish maqsadida referendum o‘tkazdi. Unda ishtirok etgan shimolliklarning 98 foizi referendum savoliga «ha», deya javob bergan. Rasmiy Rim bergan ma'lumotga ko‘ra, Venetoda o‘tkazilgan referendumda umumiy aholining 59 foizi qatnashgan, shuning bilan uning haqiqiyligini tasdiqlash mumkin.
Mintaqa kichik prezidenti Luka Zaya o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida «Veneto uchun yangi tarix boshlangani»ni ta'kidlab, xalqini tarixiy qarorni to‘g‘ri qabul qilgani bilan tabrikladi.
Lombardiyada esa referendum o‘tkazish uchun talab etilgan ovoz beruvchi aholi yig‘ilmagani uchun, uning natijasi bekor qilinishi mumkin. Shunga qaramay, 40 foizlik aholi ishtiroki ta'minlangan referendumda 95 foiz kishi «ha», deya ovoz bergan.
Zaya va Maroni darhol mamlakat Bosh vaziri Paolo Jyentiloni bilan muzokaralarni boshlab yuborgan.
Ma'lumot uchun, mazkur ikki viloyatda Italiya xalqining chorak qismi yashaydi, shuningdek, mamlakat iqtisodiyotining 30 foizi aynan shu hududlarning hissasiga to‘g‘ri keladi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 1 oktabr kuni Ispaniyada to‘liq mustaqillik talabi bilan ko‘chaga chiqqan katalonlarning talabi haligacha qondirilgani yo‘q.
Mavzuga oid
20:20 / 14.06.2026
Shveytsariyada referendum: mamlakat aholisi sonini cheklash taklifi rad etildi
12:03 / 24.03.2026
Italiyada sud tizimi islohoti referendumda rad etildi
09:30 / 16.03.2026
Ekzitpollar: Qozog‘iston yangi konstitutsiya qabul qilinishini qo‘llab-quvvatladi
00:34 / 16.03.2026