Jahon | 19:04 / 23.10.2017
11466
5 daqiqa o‘qiladi

«Nord-Ost»: Dubrovkadagi teraktga 15 yil

Foto: TASS

23 oktabr kuni Moskvadagi Dubrovka teatr markazi terrorchilar tomonidan egallab olingan sanaga 15 yil to‘ldi. O‘sha fojiali hodisa natijasida 125 nafardan ortiq inson halok bo‘lgandi. O‘shanda chechenistonlik Movsar Barayev guruhi «Moskovskiy podshipnik» aksiyadorlik jamiyatiga tegishli Madaniyat uyini egallab olgan, bu paytda u yerda «Nord-Ost» myuzikli qo‘yilayotgan bo‘lgan. Hujumda 40 jangari ishtirok etgan, ular orasida ham erkaklar, ham ayollar bor edi. Egallab olish chog‘ida binoda 900 dan ko‘proq inson: artistlar, teatr markaziga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar va tomoshabinlar bo‘lgan. Terrorchilar o‘z aksiyalari yordamida Rossiya armiyasi Checheniston hududidan olib chiqilishiga erishmoqchi bo‘lganlar.

26 oktabr kuni Rossiya Federal xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi maxsus bo‘linmalari binoga hujum boshlashdi, shu bilan birga, ventilyatsiya shaxtalari orqali uxlatuvchi gaz yuboriladi. Rossiya huquqni muhofaza qilish idoralari deyarli barcha jangarilarni, jumladan Barayevning o‘zini yo‘q qilishgan, biroq gaz ta'siri tufayli garovda bo‘lganlarning ko‘pchiligi – kamida 130 kishi («Nord-Ost» xayriya tashkiloti a'zolarining fikricha, aslida 174 kishi hayotdan ko‘z yumgan) shifoxonada vafot etgan.

Metroning «Dubrovka» bekati yonidagi hodisalardan so‘ng qator yirik sud jarayonlari bo‘lib o‘tdi. 2003 yilda Moskva shahar sudi Zaurbek Talxigovni terrorizmga ko‘mak ko‘rsatish va Dubrovkadagi Madaniyat uyida odamlarni garovga olish bo‘yicha aybdor deb topib, uni 8,5 yilga ozodlikdan mahrum qildi. 2004 yilda esa Moskvaning Lefortovo sudi «Nijyegorodskiy» Ichki ishlar bo‘limi militsiya mayori Igor Alyamkinni yetti yillik qamoqqa hukm qildi, u chechenistonlik terrorchi ayol, teatr markazining egallab olinishida qatnashgan Luiza Bakuyevani poytaxtda ro‘yxatdan o‘tkazgan. 2014 yili esa Qrimda teraktga aloqadorlikda gumonlangan 41 yoshli Hasan Zakayev qo‘lga olindi. Moskva okrug harbiy sudi uni terrorchilarga qurol-yarog‘ va portlovchi modda yetkazib berishni tashkillashtirishda aybdor deb topdi, Zakayev 19 yillik qattiq rejimdagi koloniyaga mahkum etildi.

O‘sha fojiali kunlar hodisalari quyidagi fotojamlanmada taqdim etiladi.

Foto: Anton Denisov/TASS

Dubrovkadagi Teatr markazi yonida, 2002 yil 26 oktabr

Foto: Kijyel Konstantin/TASS

Dubrovkadagi Teatr markazi binosi yonida

Foto: STR/Reuters

Terrorchilar tomonidan egallab olingan Dubrovkadagi Teatr markazi, 2002 yil 24 oktabr

Foto: Reuters

Garovdagilarning qarindoshlari va do‘stlari Dubrovkadagi Teatr markazi yonida, 2002 yil oktabr

Foto: Aleksandr Polyakov/RIA «Novosti»

Garovdagilarning qarindoshlari hujum paytida Dubrovkadagi Teatr markazi yonida, 2002 yil 25 oktabr

Foto: Sergei Karpukhin/Reuters

Rossiya kuch tuzilmalari xodimi Dubrovkadagi Teatr markazi eshiklari oldida, 2002 yil 26 oktabr

Foto: Aleksandr Polyakov/RIA «Novosti»

Dubrovkadagi Teatr markazi yonida avtobuslar va yuk mashinalari kolonnasi, 2002 yil 24 oktabr

Foto: Reuters

Dubrovkadagi Teatr markazida garovdagilarni ozod qilish paytida zirhli mashina, 2002 yil 26 oktabr

Foto: Oleg Lastochkin/RIA «Novosti»

Dubrovkadagi Teatr markazi yonida harbiy xizmatchilar, 2002 yil 26 oktabr

Foto: Alexander Natruskin/Reuters

Dubrovkadagi Teatr markazidan chiqish joyida Qizil Xoch xodimlari, 2002 yil 25 oktabr

Foto: Anton Denisov/TASS

Iosif Kobzon Dubrovkadagi Teatr markazi binosidan Buyuk Britaniya fuqarosi, Sergiyev Posadda yashovchi ayol, hamda uch qizchani olib chiqmoqda

Foto: Dmitriy Korobeynikov/RIA «Novosti»

2002 yil 23 oktabr

Foto: TASS

Rossiya kuch tuzilmalari xodimi terrorchilar tomonidan egallab olingan Dubrovkadagi Teatr markazi yonida, 2002 yil 25 oktabr

Foto: Vasily Fedosenko/Reuters

Rossiya kuch tuzilmalari xodimi Dubrovkadagi Teatr markazi yonida, 2002 yil 24 oktabr

Foto: Gleb Garanich/Reuters

Rossiya kuch tuzilmalari xodimi Dubrovkadagi Teatr markazi yonida, 2002 yil 24 oktabr

Foto: ergei Karpukhin/Reuters

Rossiya kuch tuzilmalari xodimi Dubrovkadagi Teatr markazi yonida, 2002 yil 24 oktabr

Foto: Radu Sigheti/Reuters

Rossiya kuch tuzilmalari xodimi Dubrovkadagi Teatr markazi yonida, 2002 yil oktabr

Foto: Kirill Kallinikov/RIA «Novosti»

Dubrovkadagi Teatr markazida odamlarni garovga olish yuz bergan kunning 13 yilligiga bag‘ishlangan motam aksiyasi, 2015 yil 26 oktabr

Foto: Vasiliy Smirnov/TASS

Terrorchilardan jabrlanganlar xotirasiga gullar, 2002 yil

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid