Jamiyat | 08:16 / 23.10.2017
5464
2 daqiqa o‘qiladi

Shveytsariyada o‘smir bolta bilan o‘tkinchilarga hujum qildi

Shveytsariyaning Flums kommunasida o‘smirning bolta bilan hujum qilishi tufayli bir necha kishi jabrlandi. Bu haqda hodisa yuz bergan Sankt-Gallen kantoni politsiyasi xabar bergan.

"Yakshanba kuni, taxminlarga ko‘ra, latviyalik 17 yoshli o‘smir hujum davomida bir necha kishini bolta bilan jarohatladi", - deya xabar berishdi huquqni muhofaza qilish idoralari vakillari. Ularning ta'kidlashicha, hodisa kechqurun yuz bergan va shahar maydonidagi hujumdan boshlangan.

Shundan so‘ng o‘smir o‘g‘irlangan avtomobilda qochishga urinib ko‘rgan, biroq YTHga uchragan. Yashirinishga harakat qilgan shaxs yoqilg‘i quyish shoxobchasida yana bir necha kishiga hujum qilgan, so‘ng politsiya uni o‘qotar quroldan foydalangan holda qo‘lga oldi. Shu bilan birga, o‘smir yaralangan.

Foto: @NST_Online

Huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari hodisani terrorizm bilan bog‘lashayotgani yo‘q, hamda o‘smir bir o‘zi harakat qilgan, degan fikrdalar.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid