Jahon | 22:32 / 23.10.2017
4636
2 daqiqa o‘qiladi

Jyenevada Myanma bo‘yicha donorlik anjumaniga start berildi

Foto: aa.com.tr

BMTning Jyenevadagi shtab-kvartirasida Myanmada zo‘ravonlik va bosimga duch kelgan rohingya musulmonlari vakillariga yordam berishga doir donorlik anjumaniga start berildi. "Anadolu" shu haqida xabar berdi

Myanmadagi Arakan provinsiyasida yashovchi musulmonlar 25 avgustdan keyin Myanma armiyasi va buddistlar hujumlarining yangi to‘lqiniga duch kelishdi va qo‘shni Bangladeshga ommaviy tartibda qochishga majbur bo‘lishdi. 

Anjuman tashkilotchilari - Xalqaro migratsiya tashkiloti (XMT), BMT Oliy komissarining Qochqinlar ishi bo‘yicha boshqarmasi va BMTning Gumanitar masalalar bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi idorasi. Muhokamalar Yevropa Ittifoqi va Kuvayt raisligi ostida o‘tmoqda. 

Anjuman ochilishida qatnashgan BMTning gumanitar masalalar bo‘yicha bosh kotib o‘rinbosari Arakan shtatida musulmon aholiga nisbatan shafqatsizliklar davom etayotganini ma'lum qildi. 

"Musulmonlar Bangladeshdan o‘z uylariga qaytishlari mumkin bo‘lishi uchun, birinchi navbatda, Arakandagi zravonliklarni to‘xtatish zarur. Xalqaro hamjamiyat har qachongidan-da ko‘proq Arakan muammosiga e'tibor qaratmoqda. Umid qilamanki, bundan keyin ham shunday bo‘ladi", - deya ta'kidladi u. 

Grandi xalqaro hamjamiyat va donorlarni rohingya musulmonlarining favqulodda ehtiyojlarini qoniqtirish uchun mablag‘ ajratishga chaqirdi. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid