Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Portugaliyadagi yong‘inlarda halok bo‘lganlar soni 45 kishigacha yetdi
Yaqinda Portugaliyada yuz bergan yong‘inlarda halok bo‘lganlar soni 45 kishigacha yetdi, deb xabar bermoqda Publico nashri.
Nashrnng yozishicha, bir kishi olingan kuyish jarohatlaridan Portu shahridagi shifoxonada halok bo‘lgan. Bungacha 44 kishi halok bo‘lgani aytilgan.
15-16 oktabr kunlari mamlakatda 700 ta yong‘in o‘chog‘i qayd qilingandi. Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, 70 kishi jarohat olgan. Yong‘in tufayli Portugaliya ichki ishlar vaziri iste'foga ketishga qaror qilgandi.
Joriy yilda Portugaliyadagi yong‘inlar qurbonlari soni 100 kishidan oshib ketdi –iyunda Pedrogan-Grandidagi yong‘in vaqtida 64 kishi halok bo‘lgan, 250 kishi yaralangan.
Mavzuga oid
13:40 / 19.06.2026
O‘zboshimchalik bilan saqlangan solyarka portlagan – Yozyovondan reportaj
10:25 / 17.06.2026
Farg‘onada yong‘in oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi
10:59 / 13.06.2026
Yakkasaroyda ko‘p qavatli uy fasadida yong‘in sodir bo‘ldi
08:19 / 06.06.2026