O‘zbekiston | 13:10 / 24.10.2017
14125
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston fuqarosi Qozog‘istondan marixuana olib o‘tmoqchi bo‘ldi

Foto: Patrul.kz

O‘zbekiston fuqarosi Qozog‘iston-O‘zbekiston chegarasi orqali tanasiga skotch bilan o‘ragan holda giyohvand moddani olib o‘tishga urindi. Bu haqda Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bergan.

Ma'lum bo‘lishicha, Sariog‘och chegara otryadining «Jibek joli» o‘tkazish punkti naryadi xizmat itidan foydalangan holda O‘zbekistonning 36 yoshli fuqarosini qo‘lga oldi. U Qozog‘istondan O‘zbekistonga piyoda yo‘l olayotgan bo‘lgan. Shaxsiy tekshiruvda uning kamaridan 160 grammdan ortiq bo‘lgan «marixuana» giyohvandlik moddasi topildi.

Ushbu holat bo‘yicha tegishli surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid