Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda perinatal xizmatlar ko‘rsatish uchun xarajatlar qanchaga tushadi?
Sog‘liqni saqlash vazirligi va YUNISEF perinatal xizmatlar uchun sarflanadigan xarajatlar hajmini aniqlash maqsadida izlanishlar olib bormoqdalar.
Sog‘liqni saqlash vazirligi va YUNISEF 2017 yilning iyun-iyul oylarida Xorazm va Surxandaryo viloyatlarida milliy va xalqaro ekspertlar tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalarini taqdim etish uchun seminar o‘tkazdi.
Mazkur tadqiqot byudjyetni rejalashtirishni yaxshilash maqsadida, turli xildagi muassasalarda ko‘rsatilayotgan perinatal xizmatlar uchun xarajatlarni hisob-kitob qilishga qaratilga edi. Yig‘ilgan ma'lumotlarga ko‘ra, YUNISEF ekspertlari umumiy va batafsil xarajatlar bo‘yicha hisob-kitoblarni aks ettiruvchi hisobotni va ko‘rsatilayotgan perinatal xizmatlar sifatini kafolatlashga qaratilgan byudjyetlashni yanada yaxshilash bo‘yicha tavsiyalarni taqdim qildilar.
Ushbu tadqiqot O‘zbekistonda perinatal xizmat ko‘rsatishga sarflanadigan amaldagi va normativ xarajatlar bo‘yicha sarf-xarajatlarni ilk marotaba baholash imkonini beradi. Normativ xarajat muayyan yo‘riqnomalar asosida amalga oshirilgan xizmatlar uchun xarajatlarni belgilaydi, amalda zarur bo‘lgan xizmatlar uchun xarajatlarni o‘zida aks ettiradi. Bunday tahlil keng qamrovli ma'lumotlar to‘plash, ishonarli vosita va metodologiyalar asosida bajariladi.
“Ushbu baholash shifoxonalarni moliyalashtirish tizimini har bir joy asosida emas, balki ma'lum bir holat uchun perinatal parvarishlash tizimiga o‘tishga turtki bo‘lsa, u holda sifatliroq va adolatliroq xizmatlar ko‘rsatish ta'minlanadi,” deb ta'kidladi Atul Kumar, YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari o‘rinbosari vazifasini ijro etuvchi. “O‘zgartirilgan tizim mablag‘larni eng ko‘p talab etilgan joylarga yo‘naltirish imkonini yaratadi, va shu asnoda shifoxonalarning samaradorliligini oshirishga xizmat qiladi,” deb qo‘shimcha qildi u.
YUNISEF ekspertlari hisobotning moliyalashtirish xarajatlarini hisoblash bo‘yicha yakuniy natijalarini taqdim etdilar. Ular Sog‘liqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligi ekspertlarining semnar davomida bildirgan fikr-mulohazalariga asoslangan holda hisobotning yakuniy variantini tayyorlaydilar.
Mavzuga oid
18:21 / 06.04.2026
YUNISEF Eron rasmiylaridan bolalarni harbiy xizmatga yollashni to‘xtatishni talab qildi
14:01 / 19.03.2026
YUNISEF: bolalar o‘limiga qarshi kurashdagi taraqqiyot sekinlashdi
15:44 / 05.07.2025
YUNISEF: Ukrainada tobora ko‘proq bolalar urush qurboniga aylanmoqda
15:14 / 04.06.2025