Jahon | 16:10 / 26.10.2017
5849
1 daqiqa o‘qiladi

Indoneziyada zavoddagi portlash tufayli kamida 47 kishi halok bo‘ldi

Indoneziyaning Banten viloyati Tangerang shahrida joylashgan pirotexnika vositalari (mushak-raketalar) tayyorlanadigan zavodda portlash ro‘y berdi. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, portlash qurbonlari soni 47 nafarni tashkil qilmoqda. Shuningdek, o‘nlab kishilar jarohatlangan holda shifoxonaga yotqizilgan.

Mahalliy nashrlarda yozilishicha, qurbon bo‘lganlarning barchasi zavod ishchilari edi.

Hozircha hodisa sabablari ma'lum emas. O‘t o‘chirish xizmati xodimlari zavod binosi portlash va undan keyin boshlangan yong‘in tufayli butunlay yakson bo‘lgani haqida ma'lum qilishgan.

Ushbu zavod 6 hafta ilgari ish boshlagan edi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid