Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari o‘rtasida mushtlashuv yuz berdi
Rossiyaning Nijniy Tagil shahridagi Vagonka kichik tumanida joylashgan bozorda 25 oktabr kuni kechqurun asli kelib chiqishi markaziy osiyolik bo‘lgan shaxslar o‘rtasida ommaviy mushtlashuv yuz berdi. Mahalliy aholi ma'lumotlariga ko‘ra, mojaroda Tojikiston va O‘zbekiston fuqarolari ishtirok etishgan. Voqeaga politsiya xodimlari hamda OMON jangchilari aralashishga majbur bo‘ldi.
Veved.ru nashrining xabar berishicha, yetti kishi politsiya bo‘linmasiga olib ketilgan. Qayd etilishicha, hodisa avtoturargohdagi joy tufayli yuz bergan. Erkaklarni ajratishga uringan ayollardan biri qo‘lidan pichoq bilan berilgan zarba tufayli jarohat olgan.
Ayni damda huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari mojaroda ishtirok etgan shaxslarni so‘roq qilishmoqda, boshlangan tekshiruv yakunlari bo‘yicha tegishli protsessual qaror qabul qilinadi.
Mavzuga oid
10:40
Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan vatandoshlar O‘zbekistonga olib kelindi
09:49
Polshada ukrainalik yigit Rossiya razvedkasiga yordam berishda ayblandi
08:46 / 16.07.2026
Rossiya Kiyevga raketa, Xarkivga dronlar bilan hujum qildi
22:07 / 15.07.2026