Light | 11:40 / 26.10.2017
5969
10 daqiqa o‘qiladi

Jyeff Bezosning aksiyadorlarga yozgan xatlaridan asosiy xulosalar

Foto: Reuters

Sarmoyachi Li Tszyan Amazon'ning asosiy tamoyillari Jyeff Bezosning qanday fikrlariga asoslanganini kuzatdi.

"Yangi ustozim karera va biznes qurishga doir firlarimni yangilashim uchun menga Jyeff Bezosning aksionerlarga yozgan xatlarini o‘qib chiqishni taklif qildi. Men 1997 yildan boshlab yozilgan xatlarning barchasini o‘qib chiqdim va quyidagi xulosalarga keldim.

 

1. Jyeff Bezos Jyeff Bezosligicha qoladi

Ushbu obrazlar umuman qarama-qarshi ekaniga qaramay, Amazon faoliyatining asosiy tamoyillari kompaniya tanilgan 1997 yildan buyon u qadar o‘zgarmagan.

Foto: Usejournal

Amazon dunyodagi eng mijozlar manfaatini o‘ylovchi kompaniya bo‘lishga harakat qiladi. Jyeff 1997 yilgi xatida Amazon falsafasining sakkiz punktini bayon qilgan va ko‘p yillar davomida bir necha marta ushbu tamoyillar haqida gapirgan. Men ularning ba'zilariga to‘xtalib o‘taman.

"Mijozlar uni yaxshi ko‘rishadi, u juda katta o‘lchamlargacha o‘sa oladi, uning istiqboli porloq va u juda ishonchli".

Foto: Usejournal

Jyeff Bezos 2014 yilgi xatida mukammal biznes haqida

 

2. Gap pul haqida emas, misli ko‘rilmagan pullar haqida

Ko‘pchilik uzoq yillar davomida daromad olishga bo‘lgan qiziqishning yo‘qligi sabab Amazon'ni tanqid qilgan. Biroq bu haqiqatdan yiroq. Shunchaki Amazon "serdaromadlik"ni boshqa burchakdan ko‘radi.

"GAAP bo‘yicha hisob optimallashuvi va bo‘lg‘usi pul oqimlarining joriy qiymatining maksimal ko‘tarilishi o‘rtasida biz pul oqimlarini tanlaymiz".

Jyeff Bezosning 1997 yilda aksiyadorlarga yozgan xatidan

Xulosa: O‘z hayotingiz va biznesni to‘g‘ri mezonlar yordamida quring.

 

3. Jyeff oddiy rejalar tuzmaydi, uning uchun har bir kun - birinchisi

Jyeff aksiyadorlarga yozgan har yilgi xatiga o‘zining 1997 yilda yozgan ilk xatining nusxasini ilova qilib, hozir "endigina birinchi kun" ekanini ta'kidlab tugatadi. 2016 yilgi xatida Jyeff ikkinchi kun tanazzul va o‘limni - kompaniya haddan tashqari jarayonlar bilan ovora bo‘lib qolgani va juda sekin harakat qilayotganini anglatishini ta'kidlaydi.

"Rozi bo‘lma, biroq imkon ber"

Agar jamoa Jyeffga uni qoniqtirmaydigan g‘oya bilan murojaat qilsa, u rozi bo‘lmaslikda davom etishi mumkin, lekin darhol jamoani qo‘llab-quvvatlashini namoyon etadi. Loyihaga "yashil chiroq" yoqiladi va jamoa oldinga qarab harakatlanadi. Xodimlar Jyeffni g‘oyaning muvaffaqiyatli ekaniga ishontirishlariga to‘g‘ri kelganda edi, bu ancha ko‘p vaqt olardi.

Agar biznes tezda yirik korxonaga aylansa, 2016 yilgi xatni o‘qish kerak.

"Birinchi kunning himoyasi uchun boshlang‘ich paket muhim ahamiyatga ega: mijozlarga e'tibor, tashqi tendensiyalarni hisobga olishga tayyorgarlik, ishonchli shaxslarga shubhali nazar va juda tez qaror qabul qilish jarayoni".

Jyeff Bezosning 2016 yilda aksiyadorlarga yozgan xatidan

Foto: Usejournal

Xulosa: korporativ entropiyaga qarshi xuddi kompaniya faoliyati shunga bog‘liqdek kurashing, chunki aslida ham shunday. Doim och bo‘ri kabi harakat qiling.

 

4. "Fillar" ham tez raqsga tusha oladi

Kompaniya hajmi goho uning o‘sishiga to‘sqinlik qiluvchi yelkan bo‘ladi. Amazon kompaniya ko‘lami kengaygan sari xodimlar malakasini oshirishga chaqiradi. Bu juda qiyin. Quyida uch belgilab beruvchi savol beriladi:

  • Bu insonga havas qilasizmi?
  • Bu inson guruh samaradorligining o‘rtacha darajasini  oshiradimi?
  • Bu inson qaysi sohada yulduzga aylanishi mumkin?

Jyeff Bezosning 1998 yilda aksiyadorlarga yozgan xatidan

Yana bir muhim jihat - 2015 yilgi xatda ifodalangan. Jyeff kompaniya ichida birinchi va ikkinchi turdagi qarorlar orasidagi tafovutni izohlaydi. Birinchi turdagi qarorlar qaytarilmasdir, ikkinchi turdagi qarorlarni qaytarish oson. Haddan tashqari ko‘p kompaniyalar har bir qarorni birinchi turdagi qarordek qabul qilishadi, holbuki ularning aksariyati ikkinchi turdagi qarorlardir. Yo‘nalishni to‘g‘irlash tezroq qaror qabul qilish imkonini beradi.

 

Xulosa: hatto ko‘lamni kengaytirayotgan vaqtda ham o‘z jamoangiz faoliyati va qaror qabul qilish jarayoni sifatini yaxshilang. Muvaffaqiyatlarga qaramay yanada yaxshi ishlashga va'da bering.

 

5. Faqat parnoiklar omon qoladi - biroq raqobatga mukkasidan ketganlar emas

2001 yilda Jyeff Amazon'ning "narxlarning barqaror pasayishi" haqidagi rejasini rasman namoyish qildi. Amazon paranoyaga duchor bo‘lgan, biroq raqiblarga nisbatan emas, mijozlar manfaatlari va o‘zgarishlar hamda mahsulotlar va texnologiyalar paradigmalariga nisbatan.

2006 yilda Jyeff asosan "novator dilemmasi"ni chetlab o‘tish uchun boshida kichik stavkalar qilish naqadar muhimligi haqida so‘zlaydi, zero bu vaqt kompaniya nisbatan yirik korxonalar optimallashuviga e'tibor qaratadi. Amazon'ning ko‘z oldida ko‘plab 10 million dollarlik "ekinlar" milliardlab daromadga ega kompaniyalargacha o‘sgan ekan, u doimo kichik g‘oyalarni qamrab boradi va ularga xuddi katta g‘oyalardek munosabatda bo‘ladi.

Amazon o‘zining ko‘plab raqiblarini qulatgan bo‘lishiga qaramay, kompaniya mijozlar va yangi g‘oyalarga e'tibor qaratishdan charchamaydi.

Xulosa: doimo o‘qib-o‘rganish va rivojlanish yo‘llarini izlab toping, chunki u kerak bo‘ladigan vaqtga kelib, masalan, yangi ishga o‘tayotganingizda, o‘qish uchun kech bo‘lishi mumkin.

 

6. Tez harakat qiling va shablonlarni rivojlantiring

Men Mark Tsukerberg, Erik Shmidt, Endi Grouv, Lui Gerstner, Pol Grem kabi ishbilarmonlarning falsafasini o‘zlashtirib, "metaformalarni aralashtirayotgan"imni sezish qiyin emas. Ehtimol, ularning muvaffaqiyat tarixida qandaydir universal saboqlar bordir. 2005 yilda Jyeff qarorlar ham muhokamalarga, ham ma'lumotlarga asoslangan bo‘lishi kerakligini ta'kidlagan. Ma'lumotlar narxlarning kamayishi - dahshatli g‘oya ekanini aytishi mumkin. Biroq muhokamalar mijozlarning narxlar tushishi borasidagi zavqi - ajoyib uzoq muddatli strategiya ekaniga ishora qiladi.

2008 yilda Jyeff kompaniyalar qozonib bo‘lgan muvaffaqiyatiga asoslanib qaror qabul qilmasligi kerakligini ta'kidlaydi. Siz bajarishni biladigan narsa mijozlarga kerak bo‘lmasligi mumkin. Kompaniyalar mijozlar talabiga qarab ish qilishi kerak, hatto bu ularga noqulaylik tug‘dirsa ham.

Amazon tajribaga ega bo‘lmagan korxonalarni dadillik bilan tuzishda davom etadi.

"Hayotda duch keladigan ko‘p muammolarning tayyor yechimi yo‘q va shunday paytda biz yangi yondashuvlarni kashf qilamiz".

Jyeff Bezosning 2010 yilda aksiyadorlarga yozgan maktubidan

Amazon'da jamoa yangilik kashf qilish huquqiga ega.

Amazon'ning bor-yo‘g‘i bir necha loyihasi bo‘lgan: AWS, Alexa, Prime.

Xulosa: o‘sish qulaylik zonasining tugagan joyidan boshlanadi. Salohiyat bor joy tomon harakat qiling.

 

7. Raketadan joy taklif qilayotgan bo‘lishsa, uning qandayligini so‘ramang. Shunchaki rozi bo‘ling

1999 yilda Jyeff Amazon'ni boshqarib turuvchi eng qudratli kuch  haqida so‘zladi va 2002 yilda buni tasdiqladi. Aksariyat kompaniyalar nufuzli taklif yoki eng past narxlar o‘rtasida tanlashi kerak bo‘ladi. Taajjubki, Amazon mijozlarga narxlarni tushirgan holda sifatli xizmat taklif qila oladi, chunki u foydalanuvchi asosiy texnologiya Mur qonuniga muvofiq yaxshilanadi.

2014 yilda Jyeff boshqa muhim jihatni belgilab berdi va kompaniya uni ko‘p yillar davomida rivojlantirdi - bu Amazon'ning maxsus ombor dasturi (FBA), savdo maydoni va nufuzli mijozlarni o‘z ichiga olgan "muqaddas uchligi".

FBA savdo maydoniga yanada ko‘p sotuvchilarni jalb qiladi. Bu yanada ko‘p mijozlar talabgor bo‘lgan mahsulotlarni tanlash darajasini oshiradi. Bu birgina misol.

Foto: Usejournal

Xulosa: Yangi Amazon bo‘lish salohiyatiga ega Mur qonuni, murakkab qiziqish yoki shunchaki kompaniyadek foydalanish mumkin bo‘lgan megatrendni toping.

 

8. O‘lchab bo‘lmaydigan ishlar qiling — Chevy'da harakatlaning

Amazon kompaniyasi endigina o‘z faoliyatini boshlaganida Jyeff har kuni kechqurun paketlarni o‘zining Chevy Blazer'ida tashigan. U bir kun kelib Amazon'ning o‘z avtotashuvchisi bo‘lishi haqida orzu qilgan. Hozir kompaniyaning undan-da zo‘r yutuqlari bor. Umuman olganda, Amazon 20 yil davomida Jyeff Bezosning oddiy tamoyillari bo‘yicha yashab kelgan.

Men uning 20 ta xatining barini o‘qib chiqdim. Ularning bari bir nafasda yozilgan bir xatga o‘xshaydi, go‘yo.

Xulosa:

1-qoida: har kuni harakat qilishdan to‘xtamang.

2-qoida: 1-qoidani unutmang.

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid