Amazon asosçisi Jyeff Bezosga tegişli Blue Origin kosmik kompaniyasi New Glenn orbital raketasining birinçi parvozini amalga oşirdi, deb xabar beradi BBC.
98 metrli raketa mahalliy vaqt bilan soat 02:02 da Florida ştatida joylaşgan Kanaveral burnidagi kosmodromdan start olgan. Taxminan 12 daqiqa ötgaç, raketa sinov parvozining asosiy maqsadi — orbitaga çiqişni amalga oşirgan.
Startdan 20 daqiqa ötib, Blue Origin kompaniyasi New Glenn raketasining birinçi poğonasini Atlantika okeanidagi platformaga qöndira olmaganini ma’lum qildi.
Avvalroq New Glenn raketasining parvozi uç marotaba qoldirilgan edi.
Jyeff Bezosning Blue Origin kompaniyasi kosmosga tijoriy parvozlarni amalga oşiriş böyiça bozorda ustun mavqega ega Ilon Maskning SpaceX kompaniyasiga raqobatçi bölişga urinmoqda. Ikkala kompaniya ham kosmosga köproq sun’iy yöldoş, tijoriy stansiyalar uçiriş va Oyga muntazam parvozlarni amalga oşiriş niyatida.
Balandligi 98 metrni taşkil etadigan New Glenn raketasi ikki poğonadan iborat. Birinçi poğonasi köp martalik bölib, undan 25 martagaça foydalansa böladi. Taşuvçi raketa Yerning pastki orbitasiga 45 tonnagaça foydali yukni, geostatsionarga esa 13 tonna yukni olib çiqişga qodir.








