Iqtisodiyot | 23:08 / 27.10.2017
13469
1 daqiqa o‘qiladi

Neft narxi 2015 yildan keyingi rekord natijani qayd qildi

Foto: Aleksandr Melnikov / RIA Novosti

Brent markasidagi neft narxi 2015 yil 3 iyuldan beri birinchi marta bir barrel uchun 60 dollardan oshdi. Bundan 27 oktabrdagi London birjasidagi savdolar darak bermoqda. 

Savdolar vaqtida neft narxi 60 dollar-u 3 sentni tashkil qilgan. Uning narxi deyarli 1 foizga oshgan.

Shu bilan parallel ravishda WTI nefti narxi o‘smoqda. Uning narxi 53,41 dollarni va o‘sish 1,46 foizni tashkil qilgan. 

26 oktabrda Saudiya Arabistoni OPeKga kiruvchi va unga kirmaydigan davlatlarning neft qazib olish hajmini qisqartirish kelishuvini qo‘llab-quvvatlashi ma'lum bo‘lgan. 

Mavzuga oid