Amerika banki hisobotiga tayanib Reuters’ning xabar berişiça, Brent tipidagi neft narxlari koronavirus pandemiyasi, Texasda havo harorati keskin sovib ketişi, OPeK+ işlab çiqariş çeklovlari va global valuta stimulining tengsizligi sabab ösib bormoqda.

Sönggi ösiş körsatkiçlarida Brent nefti narxi 0,4 foizga oşib, bir barreli uçun 65,51 dollarni taşkil etdi. WTI nefti esa 0,5 foizga kötarilib, bir barreli uçun 62 dollarga baholandi.

Bank prognozlarida Brent neftining 2021 yilda barreli uçun örtaça 60 dollar bölişi kutilmoqda. WTI neftining bu yil uçun örtaça bir barreli 57 dollarni taşkil etişi taxmin qilinmoqda.

«2021 yilning ikkinçi çoragida Brent narxlari vaqtinça barreliga 70 dollarga kötarilişi mumkin», deyiladi bank tahlilçilari notasida.

Ma'lum qilinişiça, Saudiya Arabistoni fevral va mart oylarida neft qazib olişni qisqartiradi.

Yaqinda AQŞda neft qazib olişning umumiy hajmi uçdan bir qismga – rekord darajaga kamaygani xabar qilingandi.