8 mart kungi savdolarda Brent neftining bir barreli narxi 71 dollardan oşdi. Brent bir yildan buyon – ötgan yilning 8 yanvaridan beri bunçalik qimmatlaşmagandi, deb yozadi Reuters.

 WTI neftining bir barreli narxi 2,4 foizga oşib, 67,69 dollarga yetdi.  

 Avvalroq Saudiya Arabistoni Fors körfazidagi Ras-Tanura eksport terminaliga raketa va dronlar orqali hujum uyuştirilgani haqida xabar qilgandi. Mamlakat energetika vazirligining bildirişiça, hujum qaytarilgan va neft işlab çiqarişga zarar yetmagan.

 Ras-Tanura — dunyodagi eng yirik neft eksporti terminali hisoblanadi, deb yozadi Bloomberg. Uning ötkaziş quvvati sutkasiga 6,5 mln barrel atrofida bölib, hudud qattiq qöriqlanadi. Portda neft ombori va Saudi Aramco davlat kompaniyasining neftni qayta işlaş zavodi joylaşgan.

Ar-Riyodning ma'lum qilişiça, hujum Yamandagi husiylar tomonidan amalga oşirilgan. Qirollik hududi tomon sakkizta ballistik raketa va bomba örnatilgan 14ta dron uçirilgan.