Jahon | 11:00 / 27.10.2017
5212
1 daqiqa o‘qiladi

Pentagon rahbari KXDR bilan chegaradagi harbiylardan xoli hududga bordi

Foto: us.cnn.com

AQSh mudofaa vaziri Jyeyms Mettis Janubiy Koreyaga tashrifi chog‘ida KXDR bilan chegaradagi harbiylardan xoli hududga bordi, deb xabar qilmoqda CNN telekanali.

Pentagon rahbari Tayland qiroli Pxumipxon Adul'yadet (Rama IX)ning dafn marosimida qatnashganidan so‘ng, Koreya respublikasiga kelgan.

Kelgusi haftada AQSh prezidenti Donald Trampning Osiyo bo‘ylab rasmiy safari boshlanadi. Avvalroq, Trampning ham harbiylardan xoli hududga borish masalasi muhokama etilayotgani haqida xabarlar paydo bo‘lgandi.

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid