12 jamoalik milliy çempionat va uning afzalliklari
|17:59 / 28.10.201730 77314 min
Foto: Tribuna.uzFoto: Tribuna.uz
Tribuna.uz saytida jurnalist Şuhrat Şokirjonovning "12 jamoalik milliy çempionat va uning afzalliklari" sarlavhali maqolasi e'lon qilindi. Unda jurnalist Özbekiston milliy çempionatini isloh qilişga doir öz fikrlari bilan örtoqlaşgan. Quyida uşbu maqolani özgartirmagan holda taqdim etamiz.
Birinçi liga karvonboşisi «Tsementçi» kelgusi mavsum uçun Oliy liga yöllanmasini allaqaçon hal qildi. Bu haqda mabodo yozilgan bölsa ham, şaxsan mening biror joyda mening közim tuşmadi. Çunki könikib ketganmiz, «Tsementçi» kelgusi mavsum oliy ligada öynaş-öynamasligining öziyoq mavhum narsa. Balki «Neftçi»ning örniga öynar. Bu yoqda hali Farğonaning «Istiqlol» klubi ham ötgan yili «Norin» «Navbahor»ni «suğurtalagani» kabi zaxiradagi askardek tayyor turibdi.
Oliy ligada jamoalar sonini qisqartirib, jon saqlovçi örtamiyonalar uçun «bemalol yaşaş» uçun şaroitni yöq qiliş kerakligi haqida jurnalistlarimiz, jamoatçilik yozaverib çarçadi. Ha, töğri kelmaydi bizga 16–18 talik çempionat. Hatto 14 taligi ham. Biz közni çirt yumib, 12 ta jamoa qatnaşadigan, 4 davralik tizimga ötişimiz kerak. Tamom-vassalom.
Bu haqda ÖFFning yangi prezidenti Umid Ahmadjonovga ham taklif sifatida yozib berganman, aniq işonamanki, bunday takliflar boşqa hamkasblarim tomonidan ham yangragan. Bu kabi takliflarni keyingi 7–8 yildan beri tinimsiz berib kelamiz. Töğrisini tan oliş kerak, özaro gurunglarda «Paxtakor»ning öşa vaqtda ÖFFga ta'sir kuçi haddan yuqori bölgan Samvel Babayan boşçiligidagi rahbariyati tomonidan bu takliflar keskin rad etib kelinayotgan edi. Endi Babayan otdan tuşdi, egarning ustida bölsa ham, uning gapini ham birov bir tiyinga olmaydi. ÖFFda esa rahbariyat almaşdi, keling, 12 jamoalik çempionatning afzalliklari haqida yana bir bor batafsil fikr yuritaylik.
12 jamoalik çempionat. Uning ötkaziliş tartibi qanday?
12 jamoalik çempionat mutlaqo yangilik emas. Bunday formatdan UYeFAda Ukraina, Qozoğiston, Şotlandiya, Vengriya, Slovakiya, Irlandiya, Şimoliy Irlandiya, Uels va Finlandiyada, Osiyo qit'asida Janubiy Koreya, BAA, Qatar, Iordaniya, Malayziya, Livan va Pokistonda foydalanib kelinmoqda. Isroil, Bolgariya va Daniya kabi davlatlarda 14 ta jamoa iştirok etayogan bölsa-da, çempionat 1-2-davralardan söng 6 ta yuqorilik va 8 ta quyi jamoalarga ajratilib davom ettiriladi.
Yaqinda federatsiyamiz prezidenti BAA va Qatar davlatlarida bölib hamkorlik memorandumi imzolab keldi. Uşbu davlatlardan milliy çempionatni ötkaziş borasida tajriba almaşiş ham yölga qöyilişi kerak. Qolaversa, yon qöşnimiz — Qozoğistonda aynan şu formatda çempionat ötadi, Janubiy Koreyanikidek Osiyoning eng grand milliy çempionatlaridan biri şunaqa formatda. Ukrainada ham 16 talik, 14 talik formatlar köplab bahs-munozaralarga sabab bölganidan söng, alal-oqibat mana şu format ma'qul deb topildi. Iqtisodiy qudrati, hududiy kattaligi jihatdan bizga yaqin bölgan mamlakatlarda milliy çempionatlar mana şunday ixçam formatda ötkazilmoqda.
Mavzuga oid
Taklif etilayotgan 12 jamoalik çempionat formati hozirgisidan biroz farq qiladi. Dastlab jamoalar 1-2-davralarda uy-safar tizimida 11 tadan 22 ta tur ötkazişadi. Söngra yuqori oltilik va pastki oltilikka bölinib, uy-safar tizimida 5 tadan yana 10 tur ötkaziladi. Bir jamoa çempionat davomida jami bölib 32 ta öyinda maydonga tuşadi.
Balki 22 ta öyin ötkazilganidan söng, jamoalar yuqori va pastki oltilikka bölingandan söng, 3-4-davralarda faqatgina öz guruhida qatnaşayotgan jamoalar bilan 1-2-davralarda bölgan uçraşuvlar hisobi va oçkosi saqlanib qolişi kerakdir. Bunisi alohida örganiladigan masala.
Xullas, yuqori oltilikda 1-örinni egallagan jamoa çempion böladi. 2-3-örinlarga kumuş va bronza medallari topşiriladi. Pastki oltilikda 11-12-örinni egallagan jamoalar Birinçi ligaga töğridan-töğri tuşib ketadi. 10-örindagi jamoa Birinçi liganing uçinçi örnini egallagan jamoaga qarşi neytral maydonda Oliy ligada qoliş öyinida maydonga çiqadi.
Xöş, bunday formatdan maqsad nima?
Avvalo, yil davomida çempionatdagi öyinlar sonini kamaytirmasdan, uni yangi sifat darajasiga olib çiqiş. «Lokomotiv», «Bunyodkor», «Paxtakor», «Nasaf», «Buxoro» kabi klublar iştirokida öyinlar bir mavsumda 4 martadan bölib ötişi albatta çempionatga bölgan qiziqişni kuçaytiradi. Uşbu öyinlarning har biri TV orqali ham namoyiş etilişi ham yurtimizda şiddatli futbolning tarğib etilişiga sabab böladi.
12 talik çempionatda bir turda 6 ta öyin bölib ötadi. Öyinlarni juma, şanba va yakşanba kunlariga orasida 2 soat farqi bilan ikkitadan qöyib (aytaylik, biri soat 16:00 da boşlansa, keyingi öyin 18:00 da), bemalol hammasini töğridan-töğri efirdagi teletranslyatsiya bilan qoplab oliş mumkin.
Ma'lumki, butun jahonda ligalar va klublar asosan teletranslyatsiyalardan daromad qiladi. Futbolimizni ham şu yöl bilan daromad topişga ötkaziş fursati yetmadimikan? Şiddatli, körimli öyinlar köpaygaç va ular jonli efirda namoyiş etilsa, PFLga ham jiddiy taşkilotlardan reklama va homiylik qiliş uçun taklif tuşa boşlaydi, bu aniq.
Ayni paytda klublarning ma'lum bir viloyat yoki şahar nomidan çempionatda qatnaşişi, ularning mahalliylaşgani emas, klub brendini yaratişga e'tibor kuçayadi. Çunki jamoalar soni köp bölsa va biror tumanning örtamiyona bir jamoasi öz maydonida futbol öynayversa-yu, ularni tarğib etişning imkoni bölmasa — futbol bu joyda rivojlanmaydi. E'tibor berganmisiz, «Barselona», «Real» kabi jamoalar boşqa stadionlarga safarga borganida ham stadionda ularni qöllab-quvvatlovçi mahalliy muxlislar böladi.
12 ta jamoa iştirokidagi öyinlarning barçasini jonli efirdagi teletranslyatsiya bilan qoplab oliş yöli bilan öşa öyinlarning har biri TVda muhokama va tahlil (Rossiyadagidek) etilişiga erişamiz. Qolaversa, nopok hakamlarimiz ham öz ustlarida işlab, hozirgidek, TVda olib körsatilmaydigan çekkadagi öyinlarida bilgan nayranglarini qila olmaydi. Bu tomondan ham barçasi nazorat ostida böladi. Jamoatçilik va muxlislar nazorati ortadi.
Masalan, ayni paytda aytaylik, «Dinamo» tarkibida biror yoş, iqtidorli futbolçi yetişib çiqayotgan bölsa, uni samarqandlik muxlislardan boşqa heç kim tanimaydi. Ozginayu-sozgina çempionatda barça futbolçilar mutaxassislar va muxlislar e'tibori ostida böladi.
Milliy futbolimiz muxlislariga ham heç kim körmaydigan «Qizilqum»-«Metallurg», «Söğdiyona»-»Olmaliq» kabi öyinlardan köra, barça köradigan «Nasaf»-«Bunyodkor», «Lokomotiv»-«Paxtakor» kabi şiddatli öyinlar bir mavsumda 4 marta bölgani afzalroq.
Yana bir jihat: öyin uslubi eskirgan, kuçdan qolgan, jismoniy holati yaxşi bölmagan qariya futbolçilar bot-bot maydonga tuşavermaydi, unday öyinçilar xolis futbol muxlislari tomonidan ham aniqlanib, tanqid ostiga olinadi. Hozirgi şaroitda esa qariyalar yoşlarga örin böşatib berişga şoşilişmayapti.
Çempionat yangi formatga ötsa Birinçi ligaga ham ijobiy ta'sir körsatadi
Ayni paytda Birinçi ligadan Oliy ligaga çiqib öynayman degan, umuman, Oliy ligaga tortadigan jamoaning özi yöq. Jamoalar soni 18 tagaça oşirilsa u yerdagi xöjakörsinlikni tasavvur qilavering.
Oliy ligada 12 ta jamoa qoldirilsa, öz-özidan, Birinçi ligada ham bir qator kuçli jamoalar töp sura boşlaydi. Faqat birinçi ligada ham jamoalar sonini 16 ta (2 davra, uy-safar tizimi — jami 30 ta öyin) bilan çeklab qöyiş kerak.
Oliy liga tölaqonli formatga ötib olgunga qadar, Birinçi ligada 2017 yilning faqat 1-örinni egallagan ğolibi (Bu «Tsementçi») ötiş turniri orqali Oliy liga yöllanmasi uçun kuraşadi, 2018 yilda faqat 1-örinni egallagan jamoa töğridan-töğri Oliy liga çiqadi. 2-örin egasi esa Oliy ligada oxiridan törtinçi jamoa bilan ötiş öyinida yöllanma uçun kuraşadi.
2019 yilgi mavsumdan boşlab 1-2-örinni egallagan jamoalar töğridan-töğri Oliy liga yöllanmasini qölga kiritişi, 3-örin egasi esa Oliy ligada 10-örinni egallagan jamoa bilan neytral maydonda ötiş öyinida iştirok etişi qat'iy qilib belgilab qöyiladi. Mavsum söngida Birinçi ligadan Ikkinçi ligaga törtta jamoa tuşib ketişini ham. Ularning örni Ikkinçi liganing tört zonasida ğolib bölgan klublar bilan töldiriladi. Bu haqda pastroqda.
Darvoqe, Birinçi ligada farm-klublarning iştiroki qat'iy taqiqlanadi. Professional va yarim-professional klublarga iştirok uçun ruxsat beriladi.
Yana bir taklif Ikkinçi liga borasida
Ayni paytda Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahri birinçiliklariga Ikkinçi liga maqomi berilgan. Bu borada ham özgartiriş qiliş kerak, menimça.
Ikkinçi ligani tört zonaga böliş lozim:
Şarqiy zona (Farğona, Andijon va Namangan viloyatlari),
Markaziy zona (Toşkent şahri, Toşkent viloyati, Sirdaryo va Jizzax viloyatlari),
Janubiy zona (Samarqand, Qaşqadaryo va Surxondaryo viloyatlari),
Ğarbiy zona (Navoiy, Buxoro, Xorazm viloyatlari va Qoraqalpoğiston Respublikasi)
Har bir zonada 12 tadan jamoa çempionatda iştirok etadi — jami 48 jamoa. Farm-klublar aynan mana şu ligada töp surişlari kerak va çempionat yakuniga köra 1-örinni egallagan taqdirda ham Birinçi ligaga çiqiş imkoniyatidan mahrum etilişi lozim. Har bir zonada çempion bölgan jamoalar Birinçi ligaga yöllanma olişadi. Zonalarga a'zo viloyat soniga qarab 3 yoki 4 ta jamoa Uçinçi liga — viloyat çempionatiga tuşirib yuboriladi va keyingi mavsum uçun viloyat çempionlari ularning örniga çiqadi. Albatta, zonaning qaysidir hududidan jamoalar soni köp yo kam bölişi mumkin. Bu endi joylardagi futbolga bölgan e'tiborga qarab şakllanadi, tenglikni majburiy saqlaş şart emas.
Bunday liga nimaga kerak, deganlarga: Ikkinçi liga öyinlari uçun ham yoş hakamlar tayyorlanadi. Futbol faqat töp tepişdan iborat emas-ku? Ular uçun Respublika seminarlari böladi, öquvlari ötkaziladi. Xullas, yurtimizda futbol hakamlari maktabining ravnaq topişi uçun katta qadam taşlanadi. Yoş hakamlar brigadalari sekin-asta Birinçi, Oliy liga va Kubok öyinlariga jalb qilinadi. Qolaversa, viloyat birinçiligidan nufuzliroq turnirda yoş futbolçilarning kamol topişi uçun katta imkoniyat oçiladi.
Hozirgi şaroitdan kelib çiqib yangi formatga larzalarsiz qanday ötiş mumkin?
Ayni paytda heç ikkilanmasdan, kelgusi — 2018 yilgi çempionatda 14 ta jamoa qatnaşişi qat'iy qilib belgilab qöyilişi lozim. Hozir «Obod» klubi musobaqalardan olingan. Öynamayapti. «Şörtan» esa kelgusi mavsumni Birinçi ligada ötkazişi aniq. Birinçi ligada bu yilgi ğolib «Tsementçi» Oliy liganing 14-örni egasi bilan neytral maydonda ötiş öyinida kuç sinaşişi kerak. Ğolib kelgusi mavsumda Oliy ligada öynaşi kerak. Bu bilan «Oliy liga–2018»da 14 ta jamoa qatnaşişi ta'minlanadi.
Kelgusi — 2018 yilgi çempionatda 12-13-14-örinlarni egallagan jamoalar Birinçi ligaga tuşirib yuborilişi, 11-örin egasi esa 2018 yilgi Birinçi ligada 2-örin egasi bilan Oliy liga yöllanmasi uçun neytral maydonda öynaşi aniq qilib belgilanişi kerak.
2019 yilgi çempionatdan boşlab Oliy ligada 12 ta jamoa töp suradi va 12 talik çempionat formati töliq kuçga kiradi. Ana şu davrga borib, Birinçi va Ikkinçi ligalar ham töliq şakllangan böladi.
Töğri, çempionatini ayni körinişda qoldirilişi, 18-20 ta jamoalik çempionatlar ötkaziş tarafdorlari ham bor. Bunaqasini ham boşdan ötkazganmiz. Ayniqsa 20 talik çempionatda Ja'far Irismetov 45 ta gol urib, uning bu körsatkiçi dovruğ qozonib, «Spartak» (Moskva) tarkibiga borib qöşilganiyu, YeÇLning muhim öyinida işonçni oqlay olmagani ham yodimizda.
Takrorlayman, bizning şaroitda köp jamoali çempionatdan foyda yöq, undan köra, çempionatni ixçam qilib, qizitiş kerak. Ikki davralik tizimda 16 talik çempionatda 30 ta, 18 taligida 34 ta öyin ötkaziş mumkin. Men taklif qilayotgan variantda ham bir mavsumda 32 ta öyin bölib ötadi. Bu ayni paytdagisidan ham köp.
Jamoalarni yanada köproq öynatiş kerak bölsa, misol uçun, Oliy liga jamoalari iştirokida «PFL kubogi»ni ham taşkil etiş mumkin. Uşbu kubokning Özbekiston kubogidan farqi şundaki, «ÖFF kubogi»da barça ligalardagi jamoalar iştirok etsa, «PFL kubogi» faqat Oliy liga jamoalari örtasida ötkaziladi. 12 ta jamoa 3 guruhga 4 tadan bölinadi va guruhda uy-safar tizimida 6 tadan öyin, 3 ta guruh ğolibi va 2-örin egalari, şuningdek eng yaxşi natijaga erişgan ikkita 2-örin egasi çorak final va yarim finallarda ham 2 tadan öyin ötkazadi. Söng final bölib ötadi. Bu har bir jamoaga mavsumda qöşimça yana 6 tadan 11 tagaça öyin ötkaziş imkonini beradi.