Özbekiston Superligasi hali boşlanmasdanoq, qizigandan qizib bormoqda. Bu mavzuda nafaqat jurnalistlar, balki rasmiy şaxslar tomonidan şunçalik köp ma'lumot berildi-ki, ma'lumot köpaygan sari, savollar yanada köpayib bormoqda.
Esingizda bölsa, (rostanam bu voqeaga juda ança bölganga öxşaydi göyo), bir oyça oldin oliy ligadagi jamoalar sonini 12taga qisqarişi va şunça jamoa iştirokida uç davrali tizimda çempionat taşkil etilişi haqida rasmiy xabar çiqqandi. Keyinroq, bu format hali takomillaşiş jarayonida ekani aytildi, nihoyat, keça boşqaçaroq tizim haqida öqidik – jamoalar soni 12ta, uç davradan keyin yana bir bosqiç, jami 38 öyin – umuman bunday formatlarning afzalliklari yoki kamçiliklari haqida töxtalib ötiş niyatim yöq. Mavzu boşqa.
12ta jamoa bölişi aniqmi özi? Qayerdan bilamiz?
Masalan, öşa 12 jamoani tanlaşda, klublarning litsenziyalaş şartlarini qançalik bajarganliklari körib çiqilar ekan. Bu şartlar ham qisman ma'lum qilindi: har bir superliga klubi qöyidagi talablarni bajarişi kerak ekan:
1. Oliy liga klublari özlarining futbol maktablariga (akademiya) ega bölişlari şart.
2. Futbol maktablari (akademiya) öz sport inşootlari (futbol maydonlari, maşğulot zallari, trenajyer zallari, öquv xonalari, yotoqxona) va sport asbob anjomlarga (futbol töplari, sport formalari, turli trenajyerlar, fişkalar, futbol maketlari) ega bölişi zarur.
3. Futbol maktablari (akademiyalari) özlarining ovqatlaniş tizimiga ega bölişi va sifatli ovqatlanişni taşkil etişi zarur.
4. Futbol maktablarida (akademiya) U-10, U-14, U-16, U-18 yoş toifalaridagi kamida 4ta jamoa bölişi şart.
5. U-16, U-18 yoşli ösmirlar örtasida aylanma (uy-mehmon) tizimda ötkaziladigan Respublika birinçiligi musobaqalarda öz jamoasini iştirokini ta'minlaş.
6. U-10, U-14 yoşli bolalar örtasida regional va Respublika bosqiçi tizimida ötkaziladigan musobaqalarda öz jamoasini iştirokini ta'minlaş.
7. Klublar özining Özbekiston çempionatida (oliy yoki 1-ligada) iştirok etuvçi ayollar jamoasiga ega bölişi va ularga zarur şart-şaroitlar yaratişi lozim.
8. Klublar özining Özbekiston çempionatida (oliy yoki 1-ligada) iştirok etuvçi mini-futbol (futzal) jamoasiga ega bölişi va ularga zarur şart-şaroitlar yaratişi lozim.

















