Jahon | 21:42 / 28.10.2017
7231
1 daqiqa o‘qiladi

Braziliya prezidenti operatsiya qilindi

Foto:Reprodução

Braziliya prezidenti Mishel Temer prostata bezida operatsiyani boshdan o‘tkazdi. Bu haqda San-Pauludagi Suriya-Livan gospitalida ma'lum qilindi, deb xabar bermoqda Jornal do Brasil nashri.

Shifoxonada ma'lum qilinishicha, prezident operatsiyadan keyin o‘zini yaxshi his qilmoqda va yarimintensiv davolash bo‘limida sog‘lig‘ini tiqlamoqda. Nashrning ta'kidlashicha, prezident shifoxonaga 27 oktabr kechki vaqt prostata bezining yaxshi sifatli giperplaziyasi tashxisi bilan olib kelingan.   

Prezidentning betobligi haqida 25 oktabrda, unga qarshi sud jarayonini boshlash yuzasidan oliy sud so‘rovi bo‘yicha parlamentda ovoz berilishi vaqtida ma'lum bo‘lgan. Shu kunning o‘zida Temer shifoxonaga yetkazilgan. Tekshiruvdan keyin Temer shifoxonadan chiqarib yuborilgan, biroq 27 oktabrda qo‘shimcha protseduralardan o‘tish uchun yana shifoxonaga qaytgan. Shu kuni uni shifoxonaga yotqazishga qaror qilingan. 

Temer korrupsiyada ayblanmoqda. 

Mavzuga oid