Braziliya prezidenti Mişel Temer "Katta yigirmatalik" sammitida iştirok etiş uçun Germaniyaga safarini bekor qildi. Bu haqda 28 iyunda uning ma'muriyati ma'lum qildi. 

G20 sammiti 7-8 iyul kunlari Gamburgda bölib ötadi. Safarning bekor qilinişining rasmiy sabablari ma'lum qilinmagan.

Temer bu qarorni yirik korruptsion mojaro negizida qabul qildi. 28 iyunda Temerga qarşi korrupsiya böyiça ayblovlar mamlakat kongressining quyi palatasiga yuborilgan. Avvalroq boş prokuror Rodrigo Janot Temerga nisbatan "passiv korrupsiya" böyiça ayblov e'lon qilgandi. Ayblovlar oliy sudga yuborilgan va Braziliya qonunçiligiga köra, endi deputatlar palatasi prezidentga qarşi sud jarayonini boşlaşga ruxsat beriş-bermaslik uçun ovoz berişlari kerak böladi.

Sud jarayonini boşlaşga ruxsat beriş uçun deputatlar palatasining uçdan ikki yoki 342 a'zosining ovozi kerak böladi. Korrupsiya uçun jazo 2 yildan 12 yilgaça ozodlikdan mahrum qilişni va jarimani taşkil qiladi. Temer tarafdorlari özlarida mavjud bölgan ovozlar bilan bu qarorni tösiş uçun ularda imkoniyat borligiga işonmoqdalar.

Temer göşt işlab çiqaruvçi JBS kompaniyasi egasi Joesli Batistaga deputatlar palatasining sobiq rahbari Eduard Kunyaga Petrobras neft kompaniyasi atrofidagi korrupsiya işi böyiça "oğzini yumuq saqlaşi" uçun 630 ming dollar tölaşga körsatma berganlikda ayblanmoqda.