Braziliyaning sobiq prezidenti, impiçment oqibatida öz lavozimidan çetlatilgan Dilma Russeff mamlakat oliy sudiga impiçmenti haqidagi qarorning bekor qilinişi va unga prezidentlik lavozimi qaytarilişini talab qilib ariza topşirdi. Bu haqda O Globo naşri xabar bermoqda.
 
Russeff da'vo arizasida bunga dalillardan biri sifatida mamlakatning amaldagi prezidenti Mişel Temer atrofida avj olgan korruptsion mojaro keltirib ötilgan. Bu mojaro Temerning yuqori lavozimdagi şaxslarni sotib olişga aloqador bölişi mumkinligini körsatuvçi audioyozuvlar paydo bölgandan keyin avj olgan.

"Mamlakat hozirda avval bölmagan keskin siyosiy va institutsional inqirozni boşdan keçirmoqda. Kun sayin amaldagi, saylanmagan prezident öz lavozimiga noloyiq ekanligini körsatuvçi köproq dalillar paydo bölmoqda", deb ta'kidlab ötdi Russeff.

Russeffning aytişiça, uning impiçmenti qöpol qoidabuzarliklar va heç qanday qonuniy asossiz keçgan.

Braziliyada siyosiy inqiroz Temer göyoki parlamentning vakillar palatasi sobiq spikeri Eduardo Kunyaning "oğzini moylaş"ni muhokama qilayotgan audioyozuv paydo bölgandan keyin avj oldi. Braziliya oliy sudi sudyasi uşbu holat yuzasidan jinoiy iş boşlaşga ruxsat bergan. Şu tariqa Temer korrupsiya işi böyiça rasmiy gumonlanuvçiga aylandi. Temerning özi unga qöyilayotgan ayblovlarni inkor etmoqda. Şu sababli mamlakatda uning iste'fosi talab qilinib, ommaviy noroziliklar ötmoqda.   

Russeff prezident bölgan vaqtda vitse-prezident bölgan Temer Russeffning impiçmentidan keyin prezidentlik lavozimini egallagan. Temer mamlakatni Russeffning prezidentlik muddati tugaşi kerak bölgan 2019 yil 1 yanvarigaça boşqarişi kerak.