Braziliya boş prokurori Rakel Doj prezident Mişel Temerga qarşi korrupsiya va pul yuviş ayblovini qöydi. G1 naşrining yozişiça, ayblovlar mamlakat portlarini boşqariş bilan boğliq korruptsion sxemalarni tergov qiliş doirasida bildirilgan.
Boş prokuratura Temer 2017 yilda pora uçun ikkita port şartnomasini 70 yillik muddatga uzaytirişga ruxsat beruvçi farmonni çiqargan, deb hisoblamoqda. Prezident ma'muriyatida bunga javoban prezident öz aybsizligi isbotlarini keltirişi mumkinligi aytilgan.
Huquq-tartibot idoralari prezidentning Lotin Amerikasidagi eng yirik port – Santusda faoliyat olib boruvçi Rodrimar SA kompaniyasi bilan aloqalarini tergov qilişni 2018 yil boşida boşlagan. Temer, şuningdek, Odebrecht quriliş kompaniyasidan pora olişda gumon qilinmoqda. Prezident barça ayblovlarni rad etmoqda.
Prokuratura prezidentdan taşqari yana 5 kişiga ayblov bildirgan. Prokuratura ular 32,6 mln real (8,3 mln dollar) miqdoridagi zararni qoplaşlari kerakligini ta'kidlamoqda.
Temerga qarşi jarayon Braziliya parlamenti tomonidan ma'qullangandan keyingina boşlanişi mumkin. Biroq OAVda bu Temerning vakolatlari muddati tugaydigan 2019 yil yanvarida yuz berişi mumkinligi taxmin qilinmoqda.

















