Braziliya prezidenti Luis Inasiu Lula da Silva miyaga qon quyilişi natijasida operatsiya qilindi, hozirda u özini yaxşi his qilmoqda, deb xabar beradi Globo naşri.
Qayd etilişiça, 9 dekabr kuni keçqurun Braziliya prezidenti boşida oğriq his qilgani tufayli şifoxonaga yotqizilgan. MRT «19 oktyabr kungi baxtsiz hodisa oqibatida yuzaga kelgan» içki qon quyilişini körsatgan. Öşanda Lula da Silva ensasi bilan yiqilib tuşgandi.
Şifokorlar prezidentni kraniotomiya qilgan — bunda bemorning boş suyagi oçiladi. Operatsiya gematomalarni olib taşlaş maqsadida ötkazilgan.
Sirio-Libanes şifoxonasi bayonotida aytilişiça, operatsiya muammosiz ötgan. «Ayni vaqtida prezident özini yaxşi his qilmoqda, intensiv terapiya palatasida nazorat ostida qolmoqda», — deyiladi xabarda.
20 oktyabr kuni Lula da Silva soğliğidagi muammo tufayli Qozonda ötkazilgan BRIKS sammitiga taşrifini bekor qilgandi. U öz qarorgohida bölgan vaqtda yiqilib tuşgan. Tibbiyot xodimlari prezidentga yordam körsatib, uni şifoxonaga yotqiziş şart emas, degan xulosaga kelgan. Lula da Silva hozirda 79 yoşda.

















