Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevroparlament rahbari: Yevropa Ittifoqida hech kim Kataloniya mustaqilligini tan olmaydi
Foto: flickr.com
Yevropa Ittifoqida hech kim Kataloniya mustaqilligini tan olmaydi. Bu haqda 27 oktabrda tvitterda Yevroparlament raisi Antonio Tayani yozdi.
"Bugun Kataloniya parlamentida qabul qilinishi bo‘yicha ovoz berilgan mustaqillik deklaratsiyasi qonun ustuvorligi, Ispaniya konstitutsiyasi va Kataloniyaning nizomiga ziddir. Yevropa Ittifoqida hech kim bu deklaratsiyani tan olmaydi", deb yozgan Tayani.
Avvalroq Yevropa kengashi rahbari Donald Tusk Ispaniya hukumati "kuch qo‘llamasligiga" umid bildirgan.
27 oktabrda Kataloniya parlamenti muuxtoriyatning mustaqil respublika deb e'lon qilinishi rezolyutsiyasini ma'qulladi. Bu hujjat yangi davlat hokimiyat organlarini shakllantirish jaryoni boshlanishini anglatadi.
Mavzuga oid
08:32 / 31.01.2026
YeI Rossiyadan neft tashish uchun zarur bo‘lgan qator xizmatlarni taqiqlash niyatida
13:45 / 30.01.2026
YeI Eronga yangi sanksiyalar joriy qildi
12:21 / 30.01.2026
YeI mashhur rossiyalik teleboshlovchilarni sanksiya ro‘yxatiga kiritdi
11:44 / 30.01.2026