Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi markazlashtirilgan jamg‘armasi mablag‘lari qanday sarflanadi?
Vazirlar Mahkamasining 23.10.2017 yildagi 861-son qarori bilan IIV Jazoni ijro etish bosh boshqarmasining (JIEBB) Markazlashtirilgan jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.
Markazlashtirilgan jamg‘arma (MJ) quyidagilar hisobiga shakllantiriladi:
• jazoni ijro etish muassasalari va ular tashkilotlarining ishlab chiqarish va qishloq xo‘jaligi faoliyatidan, shuningdek xizmatlar ko‘rsatishdan oladigan daromadlaridan JIEBB tomonidan belgilanadigan miqdorlardagi ajratmalar;
• jazoni ijro etish muassasalarining soliqlar va yig‘imlar, shuningdek davlat maqsadli jamg‘armalariga ajratmalar bo‘yicha qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar taqdim etilishi natijasida jamg‘ariladigan mablag‘lari.
MJga ajratmalar miqdori jazoni ijro etish muassasalarining oladigan daromadlariga bog‘liq ravishda har bir muassasa uchun alohida belgilanadi va moliya yili yakunlari bo‘yicha JIEBB boshlig‘ining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
JIEBBga mablag‘larini maxsus g‘azna hisobvarag‘ida jamlash topshirilgan, IIVga esa mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi yuzasidan nazoratni ta'minlash yuklatilgan.
MJ mablag‘laridan foydalanish JIEBB boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadigan daromadlar va xarajatlar smetasiga muvofiq amalga oshiriladi. Mazkur smeta JIEBB tomonidan, qonun hujjatlarida byudjyet tashkilotlari uchun byudjyetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha belgilangan tartibda tuziladi va tasdiqlanadi.
MJ mablag‘lari quyidagicha sarflanadi:
• EKIHning 50 barobarigacha bo‘lgan summadagi mablag‘lar – JIEBB boshlig‘ining buyrug‘i bilan yoki JIEBB boshlig‘ining o‘rinbosari – Moliya-iqtisodiyot boshqarmasi boshlig‘ining qarori bilan;
• EKIHning 50 barobaridan ortiq bo‘lgan mablag‘lar – JIEBBning MJ mablag‘laridan foydalanish bo‘yicha komissiyasi qarori bilan. Komissiya tarkibi 5 kishidan kam bo‘lmagan a'zo, shuningdek kotibdan iborat bo‘lib, JIEBB boshlig‘ining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi. JIEBB boshlig‘i Komissiya raisi hisoblanadi.
Komissiya majlisi zarurat tug‘ilganda o‘tkaziladi. MJ mablag‘laridan Nizomda nazarda tutilgan maqsadlarga mablag‘ ajratish uchun Komissiyaga tushuntirish xati taqdim etiladi. Unda quyidagilar ko‘rsatiladi:
• mavjud muammolar va ularning yechimi;
• mablag‘larni sarflash maqsadlari va kutilayotgan natijalar;
• zarur jihozlar va ehtiyot qismlar ro‘yxati;
• so‘ralayotgan summaning hisob-kitobi.
Tushuntirish xatiga bajariladigan ishlar hajmi ko‘rsatilgan ta'mirlash bo‘yicha kamchiliklar dalolatnomasi va boshqa zarur hujjatlar ilova qilinadi.
Bunda jazoni ijro etish muassasalarini saqlash bilan bog‘liq xarajatlar jazoni ijro etish muassasalarining ishlab chiqarish faoliyatidan olgan foydasining 50%dan ortiq bo‘lmasligi kerak.
Komissiya qarori Komissiya majlisi bayoni bilan rasmiylashtiriladi, Komissiyaning raisi va majlisda ishtirok etgan barcha a'zolari tomonidan imzolanadi hamda JIEBBning muhri bilan tasdiqlanadi.
Markazlashtirilgan jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish bo‘yicha hisob va hisobotni yuritish JIEBBning Moliya-iqtisodiyot boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi. MJ mablag‘larining tushumi va ularni sarflash haqida hisobot byudjyet tashkilotlari uchun belgilangan tartibda va muddatlarda Moliya vazirligiga taqdim etiladi.
Hujjat 23.10.2017 yildan kuchga kirdi.
Mavzuga oid
10:24 / 24.05.2026
$57 millionlik ezgu tashabbus va IIVdagi ikki xil standart - hafta dayjesti
11:51 / 22.05.2026
IIV, Adliya va Tog‘-kon vazirligi - davlat boshqaruvidagi eng ilg‘or idoralar
17:45 / 30.04.2026
Forma ortidagi sxema: Samarqandda leytenant million dollarlik ishda gumonlanmoqda
10:56 / 17.04.2026