Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ichida Xitrou aeroporti xavfsizligiga doir ma'lumotlar bo‘lgan fleshka ko‘chadan topib olindi
Londonning Xitrou aeroporti Buyuk Britaniya poytaxti ko‘chalaridan birida aeroportda xavfsizlikni ta'minlash bilan bog‘liq ma'lumotlar saqlangan fleshka topib olingandan keyin tergov boshladi.
Sunday Mirror nashri ma'lumotlariga ko‘ra, fleshkani boshpanasiz erkak topib olgan. Unda aeroportda aksilterrorchilik tadbirlarini o‘tkazish vaqtida xavfsizlikni ta'minlash haqida 174 ta fayldan iborat 76 ta papka bo‘lgan.
Ma'lumotlar orasida Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II qanday yo‘l bilan aeroportga borishi va uni qo‘riqlash uchun qanday xavfsizlik choralari ko‘rilishi, teraktlarning oldini olishga javobgar patrul jadvali kabi ma'lumotlar bo‘lgan. Bundan tashqari, fleshkada Buyuk Britaniya hukumati a'zolarining yurish yo‘llari va qo‘riqlanishi, kameralar, tunnellar va aeroportdan chiqish joylarining joylashgan o‘rinlari haqida ma'lumotlar ham bo‘lgan.
Fayllardan ko‘pchiligi "maxfiy" yoki "kirish cheklangan" deb belgilanganiga qaramay, ularni ochish uchun parol so‘ralmagan.
Aeroport vakilining ma'lum qilishicha, Xitrouda xavfsizlikni ta'minlash bo‘yicha barcha rejalar tekshirib chiqilgan va aeroport yaxshi himoyalanganiga ishontirilgan. Fleshkani topib olgan erkak aeroport xavfsizlik xizmati xodimlari tomondan so‘roq qilingan.
"Biz bu holat qanday yuz berganini aniqlash yuzasidan ichki tergov boshladik va bunday holatlarning kelgusida takrorlanmasligi uchun tegishli choralar ko‘ramiz", deb aytgan aeroport vakili.
Mavzuga oid
14:24 / 21.06.2026
London shimolida ikki poyezd to‘qnashdi
12:25 / 22.05.2026
IPO nima va UzNIF aksiyalarini qanday sotib olish mumkin?
21:22 / 18.05.2026
Saida Mirziyoyeva Londonda nufusli xalqaro moliya tashkilotlari rahbarlari va siyosatchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi
23:09 / 28.04.2026