Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yirik mojaroga aralashib qolgan Qirg‘iziston Madaniyat vazirligiga jurnalist rahbar bo‘ladi
Sulton Jumagulov nomzodi Qirg‘iziston Madaniyat, axborot va turizm vazirligi rahbari lavozimiga tavsiya etiladi. Bu haqdagi ma'lumotni AKIpress agentligiga Jumagulovning o‘zi tasdiqlagan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘z nomzodi Jo‘qorg‘u Keneshning tegishli qo‘mitalarida deputatlar tomonidan bugun va ertaga ko‘rib chiqiladi.
Avvalgi vazir Tugolboy Kazakov 28 oktabr kuni mumiyo bilan bog‘liq yirik mojarodan so‘ng iste'foga chiqarilgandi.
Ma'lumot uchun, Sulton Jumagulov – Qirg‘izistondagi mashhur jurnalistlardan biri bo‘lib, turli yillarda taniqli xorij va mahalliy nashrlarda ishlagan.
Mavzuga oid
18:28 / 11.06.2026
Madaniyatga tikilgan pullar, san’atkordan vazirlikka, internet madaniyatchilari – vazir Nazarbekov bilan suhbat
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
12:20 / 04.06.2026
Qirg‘iziston ilk marta BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibiga saylandi. O‘zbekiston qardosh xalqni tabrikladi
15:09 / 01.06.2026